I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
360
361
bir-birini tiyib turishga va nazorat qilishga yo‘l ochib beradigan 
va bir shaxs yoki organning qodida hokimiyatning to‘planishiga 
imkon bermaydigan davlat hokimiyatining organlari o‘rtasida 
o‘zaro munosabatlar tartibi o‘rnatiladi. Hokimiyatning har bir 
tarmog‘i (qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) mustaqil 
va o‘z vakolatlarini amalga oshirishda erkin hisoblanadi
hokimiyatning hech qaysi tarmog‘i hokimiyatning boshqa 
tarmog‘i vazifalarini o‘z zimmasiga yuklatishga haqli emаs. 
Barcha davlat organlari o‘z vakolat doirasida faoliyatini amalga 
oshiradi. Shu bilan birga, hokimiyatning barcha tarmoqlari 
bir-biriga bog‘liqdir, ular birgalikda harakat qiladilar va yaxlit 
davlat mexanizmini vujudga keltiradilar.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari 
bo‘yicha 80 dаn оrtiq hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan 
ushbu sohada qabul qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma 
ishtirokchisiga aylandi.
61
. Yurtimizda amalga oshirilayotgan 
sud-huquq islohoti fuqarolarning huquq, erkinlik va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilishda huquq va sud hokimiyatining 
birligini ko‘zda tutadi. Jumladan, 2017-2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham qonun 
ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada 
isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam 
mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolalarini mustahkamlash, ma’muriy, 
jinoyat, fuqarolik va iqtisоdiy qonunchiligini, jinoyatchilikka 
qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi 
samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini 
to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar 
sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilgan.
61 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 майдаги “Инсон 
ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси кабул килинганининг 70 йиллигига 
бағишланган тадбирлар Дастури тўғрисида”ги Фармони // “Халқ сўзи”, 2018 
йил 9 май

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling