I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
364
365
sud tizimini takomillashtirish va sud hokimiyati mustaqilligini 
ta’minlash amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilinishi paytidan boshlangan sud-huquq 
islohotining birinchi navbatdagi vazifasi sifatida belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi sud tizimining 
huquqiy asosini belgilaydi. Konstitutsiyaning 107-moddasiga 
muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari, fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar 
iqtisodiy va ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha 
tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari bo‘yicha 
tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy 
sudlari va tuman, shahar ma’muriy sudlaridan iborat.
Shunday qilib, O‘zbekistonda tashkil etilgan va o‘z faoliyatini 
amalga oshiradigan sud tizimi quyidagi ikki kichik tizimni o‘z 
ichiga qamrab oladi:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy 
sudi;
ikkinchidan, jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy 
ishlarni ko‘ruvchi quyidagi sud tuzilmalarini qamrab olgan 
sud tizimi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqaipog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha 
sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar 
sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudi, 
jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar iqtisodiy sudlari;
tayinlanashi yoki saylanashi belgilandi va boshqalar.
Sud hokimiyatini amalga oshirishning asosiy shakli sud 
ishlarini yuritishdir, ya’ni boshqa so‘zlar bilan aytganda 
taraflarning teng huquqliligi va ish yuritishning tortishuvi 
tamoyillariga asoslangan, protsessual normalarga qat’iy rioya 
qilgan holda odil sudlovni amalga oshirishdir.
Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar (hal qiluv qarori, hukm, 
ajrim, qaror) barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar 
va fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston 
Respublikasining barcha hududida bajarilishi shart 
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi).
Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar nafaqat davlat 
organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun, balki 
sudning o‘zi uchun ham majburiydir, sud qarorlarini bekor 
qilish yoki o‘zgartirish faqat apellyatsiya, kassatsiya va nazorat 
tartibida tegishli sud instansiyalari tomonidan qonunda 
belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Sud hokimiyatini amalga oshirish vazifasi tashkil 
etilgan maxsus organ laming, ya’ni sudlarning zimmasiga 
yuklatilgan. O‘z navbatida, sudlar yagona tizimini tashkil 
qiladilar. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimini O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni 
belgilaydi. O‘zbekistonda sud hokimiyati faqat sudlarga
ya’ni ulaming vakillari bo‘lgan sudyalarga va odil sudlovni 
amalga oshirish jarayoniga qonunda belgilangan tartibda 
jalb qilinadigan xalq vakillariga, ya’ni xalq maslahatchilariga 
taqdim etiladi. Sud hokimiyat vakolatlari boshqa organlar 
yoki shaxslar tomonidan o‘zlashtirilishi qonun tomonidan 
man etiladi. Mukammal sud tizimi nafaqat ayrim sudlar 
vakolatlarining belgilanishiga imkon beradi, balki sud orqali 
himoyaianish erkinligi prinsipining amalga oshirilishini va odil 
sudlov samaradorligini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling