I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
4 5 Konstitutsiyaviy huquq — Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, shaxsning huquqiy holati asoslarini, jamiyat va shaxs munosabatlarini, ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi masalalarini, hokimiyatni tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat huquq tarmog‘i. Ana shu masalalar va ularni tartibga soluvchi huquqiy normalar “Konstitutsiyaviy huquq” mоduli tomonidan o‘rganiladi. “Konstitutsiyaviy huquq”ning ta’lim jarayonidagi vazifasi Konstitutsiyani tаlаbаlarga chuqur o‘rgatishdir. Bu mоdul orqali Konstitutsiyaning ahamiyati, vazifasi, funksiyasi, yuridik tabiati, davlat tuzilishi, hokimiyatni tashkil etish, shaxsning huquqiy holati, jamiyat, fuqaro, davlat munosabatlari o‘rganiladi. Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda, “Bosh qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish - barchamizning sharafli burchimizdir”. “Konstitutsiyaviy huquq” mоdulining vazifasi faqat Konstitutsiyaviy huquq normalarini tаlаbаlar ongiga singdirish bilan cheklanmay, u tаlbаlarda qonunga, Konstitutsiyaviy tuzumga, boshqa fuqarolarga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish vazifasini ham boshqaradi. Konstitutsiyani chuqur bilish orqali Vatanga sadoqat, jamiyatga hurmat paydo bo‘lib, belgilangan daxlsiz huquqlarini ta’minlash davlatimiz oldidagi oliy mas’uliyat ekanligi Konstitutsiyamizning asosiy g‘oyasi sifatida tanlab olindi. Konstitutsiyamizning barcha tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, davlatning majburiyati ushbu huquq va erkinliklarni ta’minlashda aks etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida farmoni 1 bilan qabul qilingan, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham aynan mamlakatimizda istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan konstitutsiyaviy islohotlarni nazarda tutadi. Mazkur o‘quv qo‘llаnmа orqali Konstitutsiyamizning eng ustuvor huquqiy hujjat ekani, unda mohiyatan yangi konstitutsiyaviy tuzum asoslari mustahkamlangani hamda undagi prinsiplar va qoidalarga ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida amal qilinayotgani aniq misollar orqali e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasining huquqiy fanlar tizimida “Konstitutsiyaviy huquqi” mоduli alohida o‘rin tutadi. Chunki ushbu mоdul orqali huquq tizimida yetakchi hisoblanuvchi Konstitutsiyaviy huquq o‘rganiladi. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni. Ushbu Farmon “Xalq so’zi” gazetasining 2017-yil 8-fevraldagi 28 (6722)-sonida e’lon qilingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling