I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
14
15
manbayi bo‘lib, faqat O‘zbekiston Respublikasining davlat 
tuzilishini, konstitutsiyaviy hokimiyatini amalga oshirish va 
tashkil etish jarayonida vujudga keladigan hamda O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarolarining huquqiy holatini ifoda etadigan 
hujjatlar hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy 
huquq 
manbalarining 
tasnifi 
quyidagilardan iborat:
• Konstitutsiyaviy huquqning bosh manbayi bo‘lib, 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi.
•O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqiy 
normalarini belgilaydigan qonunlari (Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi, Oliy Majlis Senati to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy 
qonunlar, Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi, fuqarolik 
to‘g‘risidagi qonun, saylov kоdеksi va shu kabilar).
•O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
farmoyishlari va qarorlari.
•O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror 
va boshqa hujjatlari.
•Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari 
doirasida umumiy qoidalarni o‘z ichiga olgan, o‘sha hududda 
kuchga ega bo‘lgan hujjatlari kirаdi. 
Shuningdek, O‘zbekistondagi huquqshunos olimlarning 
ilmiy asarlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari fanning 
manbalarini tashkil etadi.
2-§. Kоnstitutsiya tushunchаsi vа mоhiyati.
Konstitutsiya — jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida 
vujudga kelgan huquqiy hujjat. U dastlab faqat davlat tuzumini, 
hokimiyat tashkil etish prinsiplarini belgilagan bo‘lsa, 
keyinchalik inson huquq va erkinliklari va burchlarini hamda 
ularning kafolatlarini, davlat organlari va fuqarolarning o‘zaro 
munosabatini mustahkamlashni ko‘zda tutdi. Konstitutsiya 
to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa qonunlar.
Konstitutsiyaviy huquqning manbalaridan bo‘lib, vakillik 
organlari tomonidan qabul qilinadigan ish yuritish tartiblari; 
yo‘riqnomalar, reglamentlar ham manba bo‘lib hisoblanadi. 
Vakillik organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar 
ham Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘ladi. Shuningdek, 
Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan davlat-
huquqiy xarakteriga ega bo‘lgan farmonlari, qarorlari, 
farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va 
farmoyishlari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan 
va tuziladigan shartnomalari bitimlari ham konstitutsiyaviy 
huquq manbasini tashkil qiladi.
Va nihoyat, konstitutsiyaviy huquq manbalaridan bo‘lib, 
mahalliy vakillik organlarining ba’zi bir normativ aktlari 
ham hisoblanadi. Masalan, “Xalq deputatlari Kengashlarining 
doimiy komissiyalari to‘g‘risida”gi Nizomlari, Kengashining 
“Ish yuritish tartiblari” (reglamentlari), hokimlarning 
qabul qilgan huquqiy aktlari va ular to‘g‘risidagi qonunda 
belgilangan vakolatlarini amalga oshirish tartib qoidalari va 
boshqa davlat organlarining faoliyat prinsiplari kiradi.
Konstitutsiyaviy huquq fanining asosiy manbasi sifatida 
O‘zbеkistоn Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 
аsаrlаri, risolalari, nutqlarini alohida ta’kidlash lozim. Uning 
asarlarida Konstitutsiyaviy huquq fanining predmetiga 
aloqador bo‘lgan davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, 
inson huquqlari va erkinliklari, Konstitutsiyaning mohiyati 
va vazifalari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy g‘oyalari muhim o‘rin 
egallagan.
Biroq, davlat organlari chiqargan har qanday hujjat ham 
konstitutsiyaviy huquq manbayi hisoblanmaydi. Uning asosiy 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling