I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
92 93 huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Paktda qayd etilgan inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklariga oid xalqaro andozalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zining to‘la aksini topgan. Xususan, 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 3-moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega ekanligi mustahkamlangan 23 . Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 6-moddasida esa, Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Bu huquq qonun bilan himoyalanadi. Hech kim o‘zboshimchalik bilan insonni yashashdan mahrum qila olmaydi” deyilgan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham inson va fuqarolarning yashash huquqlariga oid ushbu xalqaro andozalar o‘zining to‘la aksini topgan. Inson - biologik va ijtimoiy tushunchadir. Zero, inson o‘zining biologik mohiyatiga ega ravishda tug‘iladi, keyinchalik u hayoti va faoliyati davomida shaxs sifatida shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Shaxsiy huquq va erkinliklar” nomli bоbida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy asosi o‘z aksini topgan. “Yashash huquqi, - deb ta’kidlanadi Konstitutsiyaning 24-modda, - har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir”. O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini o‘zida mustahkamlagan yuzdan ortiq xalqaro hujjatlarga qo‘shilgan. Bu hujjatlar O‘zbekiston qonunchiligining shakllanishi, jumladan, jinoyat hamda inson huquq va erkinliklari borasidagi qonunlarning yaratilishi uchun ham asos bo‘lib xizmat qilgan. «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»ning 3, 4, 5-moddasida, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 23 Инсон ҳуқуқлари. Х.Б.Бобоев, A.X.Саидов, Ш.И.Шорахметов ва бошқалар — T. “Ўзбекистон” 1997 - Б 72. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi har bir insonning erkinligini, mustaqil Vatanimizda hur va farovon hayot kechirishini, o‘z taqdirining egasi bo‘lishini huquqiy ta’minlash va kafolatlashning hayotbaxsh manbayidir. Inson va fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari xilma-xil va ko‘p qirrali bo‘lib, ular turli sohalarda o‘z ifodasini topib kelmoqda. Shaxsiy huquq va erkinliklarning aksariyati insoniyat paydo bo‘lgandan beri amalda bo‘lib kelayotgan tabiiy huquqlardir. Shaxsiy huquq va erkinliklar dеganda shaxslarning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan va hayoti davomida ajralmas bo‘lib hisoblangan huquq va erkinliklar tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qator moddalarida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari huquqiy jihatdan tartibga solingan. Konstitutsiyada shaxsiy huquq va erkinliklar alohida tizimni tashkil etadi va quyidagilar kiradi: Yashash huquqi (24-modda); Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (25-modda); Aybsizlik prezumpsiyasi (26-modda); Shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi (27-modda); Turar joy daxlsizligi huquqi (27-modda); Shaxslarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi (28-modda); Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi (29-modda); Fuqarolarni huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish huquqi (30-modda); Vijdon erkinligi (31 -modda). Ta’kidlash joizki, mazkur masalalar qator xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan. Xususan, 1948-yilda qabul qilingan Inson huquqlari umuinjahon deklaratsiyasida va Fuqarolik va siyosiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling