I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
88
89
sоdir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy 
zarar etkazgan bo‘lsa, vujudga keladi. Shaxsning chet 
davlat foydasini ko‘zlab, faoliyat yuritish yoki O‘zbekiston 
Respublikasi JKning Maxsus qismi ikkinchi bo‘limida nazarda 
tutilgan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir 
etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon 
etkazganligini tasdiqlaydigan, sudning qonuniy kuchga kirgan 
hukmi bilan aniqlangan hujjatlar shaxsning fuqaroligini 
yo‘qotish yuzasidan tashabbuskor organning asoslantirilgan 
taqdimnomasi bilan birga IIVga yuboriladi. O‘z navbatida 
IIV fuqarolikni yo‘qotish tashabbusi yuzasidan hujjatlar 
nusxalarini TIV va DXXga taqdim etadi. Ushbu tashkilotlar kelib 
tushgan hujjatlar asosida o‘zlarining xulosalarini O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari 
bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadilar. IIV fuqarolikni yo‘qotish 
haqidagi xulosani tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik 
masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi;
beshinchidan, agar shaxs chet davlatning fuqaroligini 
olgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini 
yo‘qotishga olib keladi
22
.Chet davlatning fuqaroligini qabul 
qilgan shaxs ushbu fakt haqida o‘ttiz kun ichida O‘zbekiston 
Respublikasining ichki ishlar idoralariga yoki chet eldagi 
konsullik muassasalariga xabar berishi shart. Bu holda, 
manfaatdor vazirlik va idoralar chet elda doimiy yashovchi 
fuqarolarga nisbatan hujjatlarni TIVga yuboradilar. TIV 
hujjatlarni va IIV hamda DXXning xulosasini qabul qilib, 
ularni o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari 
bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi. Manfaatdor vazirlik 
va idoralar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy 
22 O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonuni // [Elektron 
manba] // URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020).
bilan birga O‘zbеkiston Respublikasi Prezidenli huzuridagi 
fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi;
ikkinchidan, agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil 
ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa, 
vujudga keladi. TIV va IIV hamda konsullik muassasalarining 
hujjatlari asosida hujjatlar va xulosani ko‘rib chiqish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik 
masalalari bo‘yicha Komissiyaga yuboradi. Bunda uch 
yillik muddat tartibi faqatgina 16 yoshga to‘lgan shaxslarga 
nisbatan qo‘llaniladi, ularning ota-onalari yoki ulardan 
birining iltimosnoma berganligi hollari bundan mustasno. 
Iltimosnomaga 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 
notarial tasdiqlangan roziligi ilova qilinadi. Konsullik 
muassasasi rahbari holatga qarab ob’ektiv mа’lumotlarga 
asoslangan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘z 
vaqtida konsullik hisobiga turmaganlik sabablarining uzrli 
ekanligiga mustaqil baho beradi;
uchinchidan, agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi 
yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar 
taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa, vujudga keladi. Ichki 
ishlar organlari yoki konsullik muassasalari O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar 
yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi haqida 
mа’lumotlar yoki arizalar kelib tushgan taqdirda, shaxsning 
haqiqatdan ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligini 
aniqlash uchun zarur tekshiruvlarni olib boradilar. O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma’lumotlar 
yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olinganligi holati 
tasdiqlangan taqdirda, IIV yoki TIV hujjatlarni O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari 
bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadilar;
to‘rtinchidan, agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab 
faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling