I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
80
81
chet elda yashovchi shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligini saqlab qolishi;
fuqaroni chet davlatga topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi;
ikki fuqarolikka yo‘l qo‘yilmasligi — o‘zbekiston 
fuqarosining chet davlat fuqaroligiga mansubligini tan 
olmaslik;
onasi yoki otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan 
bolalarning fuqaroligi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bolalarining o‘zbekiston 
fuqaroligini olishi;
fuqarolikdan chiqish erkinligi;
fuqarolikning to‘xtatilish asoslarini qonunda aniq 
belgilanganligi;
fuqarolikni tiklash mumkinligi;
fuqarolik to‘g‘risidagi ishlarda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining mutlaq vakolatlari;
xalqaro shartnomalarda milliy qonunchilikda bayon 
etilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro 
shartnoma qoidalarining qo‘llanilishi va boshqalar
18
.
Yuqorida fuqarolikka oid eng asosiy prinsiplar sanab 
o‘tildi. Har bir insonning uzviy huquqlaridan biri “fuqarolik” 
maqomini olishga bo‘lgan huquqi hisoblanadi. Shuning 
uchun ham barcha demokratik davlatlarda insonlarning 
fuqarolik maqomiga ega bo‘lish asoslari huquqiy jihatdan 
mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi 
fuqaroligi to‘g‘risida’’gi Qonunining 1-moddasiga binoan har 
bir kishiga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish 
huquqi e’tirof etilgan, ya’ni “hech kim fuqarolikdan yoki 
18 Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1992 й., 
9-сон, 338-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 
2004 й., 51-сон, 514-модда; 2015 й., 32-сон, 425-модда; 2016 й., 39-сон, 
457-модда.
hurmat qilishlari lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida 
yashab turgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
to‘xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga 
ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 
mo‘ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1992-
yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunida O‘zbekiston Respublikasida 
fuqarolik masalalari qonun yo‘li bilan mustahkamlangan. 
Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining quyidagi asosiy 
prinsiplari aks etgan :
shaxs bilan davlat o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy aloqasining 
doimiyligi;
har bir kishining fuqaro bo‘lish huquqiga egaligi;
hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o‘zgartirish 
huquqidan mahrum qilinishi mumkin emasligi;
davlatning (o‘z idoralari va mansabdor shaxslari orqali) va 
fuqaroning o‘zaro mas’ulligi;
fuqarolarning huquq, erkinlik va manfaatlari O‘zbekiston 
Respublikasi hududida va uning tashqarisida ham himoya 
qilinishi;
fuqarolikni qo‘lga kiritish asoslaridan qat’iy nazar, barcha 
uchun tengligi;
fuqarolar kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, 
irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, 
siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan, mashg‘ulotining turi hamda 
boshqa holatlardan qat’iy nazar, qonun oldida tengligi;
fuqarolarning teng huquqliligining barcha sohalarda 
ta’minlanishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda 
O‘zbekiston Respublikasining ham fuqarosi ekanligi;
nikohdan o‘tishda va uni bekor qilishda fuqarolikning 
saqlanib qolishi;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling