I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
72
73
ham davlat tomonidan o‘z fuqarolarining huquq va 
manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarni keltirish 
mumkin. Shunday ekan, fuqarolik institutini o‘rganish 
va takomillashtirish masalalari o‘zining dolzarbligi va 
ahamiyatini yo‘qotmagan.
Kishilik jamiyatining rivojlangan davrida boshlangаn 
bosqich bo‘lib, xalqaro umume’irof etilgan normalar 
ustuvorligining tan olinishi bilan bog‘liq davr tilga olinadi. 
Bu davrga kelib, fuqarolik tushunchasi keng mohiyat kasb 
etib, aksariyat davlatlarda fuqarolikka oid normalar xalqaro 
huquq talablariga mos ravishda rivojlantirildi. Xalqaro huquq 
ta’sirida fuqarolik tushunchasi, deyarli barcha davlatlar 
tomonidan bir xil mazmunda tavsiflandi. Fuqarolik, insonning 
huquqiy maqomini anglatuvchi tushuncha, huquqiy atama 
sifatida Evropadagi burjua inqiloblari davrida vujudga keldi. 
Ushbu davrdan boshlab “fuqaro” tushunchasi ozod va erkin 
shaxs ma’nosida qo‘llanilib, xalqaro huquq normalarida 
ko‘pincha “sitizen, grajdanin” terminlari bilan yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi 
bo‘limida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari 
va burchlari huquqiy jihatdan mustahkamlanib qo‘yilgan. 
Unda bevosita faqat fuqarolarga tegishli qoidalar aniq 
ko‘rsatib qo‘yilgan. Bir vaqtning o‘zida ham fuqarolarga, ham 
fuqaroligidan qat’iy nazar, barcha shaxslarga nisbatan e’tirof 
etilgan huquq va erkinliklarni mustahkamlashda “har kim”, 
“hech kim”, “inson”, “har bir shaxs”, “hamma”, “har bir inson” 
kabi tushunchalardan foydalanilgan.
Bundan anglash mumkinki, insonlarning tabiiy huquq 
va erkinliklari turkumiga taaluqli huquqiy maqomdan
respublikamizda istiqomat qilayotgan barcha insonlar, 
fuqarolik holatidan qat’iy nazar foydalanadilar. O‘zbekiston 
Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslarga insonlarning 
etish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson manfaatlarining 
to‘laqonli himoyasi hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga 
qaratilgan.
Fuqarolik – ma’lum bir jismoniy shaxsning muayyan 
davlat bilan mustahkam, barqaror va uzviy huquqiy 
munosabatlari mohiyatini anglatuvchi tushunchadir. Ushbu 
bog‘lanish Konstitutsiya va qonunlar asosida huquqiy 
jihatdan mustahkamlangan bo‘lib, unga ko‘ra davlat va shaxs 
o‘zaro ma’lum miqdordagi huquq hamda majburiyatlarni 
o‘z zimmalariga oladi. Bunda fuqaroning tegishli davlatga 
nisbatan barcha huquq va burchlari hamda uning suveren 
davlat tomonidan himoya qilinishida ifodalanadi. Davlat 
va shaxsning o‘zaro manfaatlaridan kelib chiquvchi ushbu 
munosabat bir tomondan kelishuv asosida tuzilgan o‘ziga xos 
ittifoq xarakteriga ega, ikkinchidan ob’ektiv zarurat shaklidagi 
ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lib, har ikki tomonning 
ham manfaatlarini qamrab oladi.
Fuqarolik tushunchasi orqali davlat tushunchasiga ham 
oydinlik kiritiladi. Zero, davlatning davlat deb tan olinishida 
fuqarolik instituti muhim rol o‘ynaydi, ya’ni davlatning eng 
muhim belgilaridan biri, unga mansub bo‘lgan shaxslar ya’ni 
fuqarolik maqomiga ega insonlarning mavjudligidir. Davlat 
hokimiyatining asosiy maqsadi va faoliyatining mazmuni 
jamiyat va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdan iborat 
bo‘lib, davlat ular oldida mas’uldir.
Davlat va fuqaro o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, kishilik 
jamiyatining rivojlanishi zaminida, insonlarning o‘z huquq va 
erkinliklari borasidagi kurashlari natijasida fuqarolik g‘oyasi 
paydo bo‘ldi. Hozir ham fuqarolikka oid maqom bilan bog‘liq 
ijtimoiy munosabatlar dolzarb hisoblanib, davlat va jamiyat 
darajasida har tomonlama o‘rganib kelinadi.
Jumladan, dunyoda ushbu munosabatlar tobora murakkab 
tus olmoqdaki, bunga misol qilib, mamlakat tashqarisida 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling