Inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
Download 22.04 Kb.
|
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI O`zbekiston milliy mustaqillikka erishgan dastlabki kundan boshlab inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash va uni kafolatlash masalasiga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. Chunki, mamlakatimizda uzoq davr hukm surgan mustamlakachilik yillarida o`lka fuqarolarining insoniy haq-huquqlari, erkinliklari va qadriyatlari har tomonlama kamsitildi va oyoqosti qilindi. Shu boisdan ham mustaqil O`zbekiston hukumati oldida ushbu vaziyatni hisobga olgan holda ma'naviy-huquqiy jihatdan umidsizlikka tushgan o`z xalqining qaddi-bastini ko`tarish, uning qalbida ertangi istiqbolli va porloq hayotga ishonch tug`dirish uchun fuqarolarning haq-huquqlarini tiklash va uni amalga oshirishdek mas'uliyatli vazifa turar edi. Busiz mehnatkash ommani kelajakda huquqiy demokratik davlat barpo etishdek ulug`vor ishga safarbar etib bo`lmasdi. Ana shu olijanob ezgu niyatlar bilan 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mamlakat fuqarolarining huquq va erkinliklari e'lon qilindi, bu huquq va erkinliklarni amalda ta'minlash kafolatlandi. O`zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bir qator amaliy tadbirlar natijasida mamlakat hududida yashayotgan barcha fuqarolarga qaysi millatga mansubliklaridan qafiy nazar hayotning hamma sohalarida: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa munosabatlarda teng huquqiy asoslar yaratib berildi. Bu huquqlarni davlatning o`zi himoya qilmoqda. Ayniqsa, fuqarolarning istagan dinga e'tiqod qilishi yoki qilmasligi qonun bilan kafolatlab qo`yildi. Bu huquqlarning amalga oshirilishi me'yoriy qonunlar bilan mustahkamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati O`zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g`risida»gi Qonuni (1998-yil) bilan tartibga solinib, ularning daxlsizligi ta'minlanmoqda. O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, e'tiqod, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta'lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qilinmoqda. O'zbekistonda inson ychun eng oliy ne'mat — yashash huquqi va osoyishta hayot kechirish huquqi to`la ta'min etildi. Bir so`z bilan aytganda, O`zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi yanada mustahkamlanmoqda, demokratik jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali o`tkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bormoqda. O`zbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga mos keladigan, eng ilg`or tajribalari asosida vujudga kelgan zamonaviy usullar joriy etilmoqda. Inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta'minlashning huquqiy asoslari yaratilmoqda. Xalqaro miqyosda qabul qilingan tamoyillarga asoslanib faoliyat ko`rsatadigan yangidan yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling