Inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari
Download 22.04 Kb.
|
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Navbatdagi muhim masala respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro meyorlar va standartlarga muvofiq holga keltirishdir»
Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari
O`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmlar yaratildi va faoliyat ko`rsatmoqda. Istiqlol yillarida fuqarolarning huquqlarini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, ulaming turli sohalardagi faoliyatini tartibga soluvchi 500 dan ortiq qonun va Parlamentning qonunga tenglashtirilgan qarorlari tizimi vujudga keldi. 2000 dan ortiq Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Bu tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar ko`lamini ko`rsatadi. Ularning aksariyati fuqarolar haq-huquqini muhofaza qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish va to`la qaror toptirish asosida fuqarolarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy himoyalashni ta'minlashga qaratilgandir. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng inson huquqlari bo`yicha rivojlangan demokratik mamlakatlar qo`llayotgan tamoyillarga sodiqligini namoyish etib kelmoqda. O`zbekiston tomonidan inson huquqi va erkinliklariga doir bir qator xalqaro hujjatlar tan olindi. Ular: «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`g`risida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida Xalqaro Pakt va fakultativ Bayonnoma» jumlasidandir. Bu xalqaro hujjatlar hozirgi zamon jahon davlatchiligini va jamiyatni demokratlashtirish jarayonida inson huquqlarini mustahkamlashning asosi bo`lib xizmat qilmoqda. Ayni chog`da, O`zbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq Xalqaro Pakt va Konvensiyaga qo`shilgan. Davlatimiz 1996-yilning aprel oyida BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquqlari bo`yicha Xalqaro Pakt normalarini bajarish borasida milliy ma'ruza matnini taqdim etdi. O`zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki o`z vakillarini saylash, o`zini o`zi boshqarish asosida, referendumlar o`tkazish kabi demokratik huquqiy institutlar orqali qatnashadi. U o`z siyosiy huquqlarini kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, boshqa jamoat va ommaviy tashkilotlarda real ishtirok etish yo`li bilan amalga oshirishi mumkin. «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi» va boshqa jahon miqyosida tan olingan xalqaro huquqiy huijatlardan kelib chiqib, Oliy Kengash 1991-yil to`rtinchi sessiyasida «O'zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to'g`risida»gi, «Siyosiy partiyalar to'g`risida»gi (1996-yil) qqnunlarni qabul qildi. Mamlakatirtiizda jamoat tashkilotlari rblini oshirish, ular faoliyati samaradorligini ta'minlash asosida fuqarolarni o`z-o`zini boshqarishga tayyorlash, mahalliy davlat organlari ishini asta-sekinlik bilan jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklashning o`zi insonning yashash huquqini kafolatlash, unga erkinlik berish, ozod turmush tarzini yaratishning debochasidir. Mamlakatda inson huquqlari bo`yicha Komissiya faoliyat ko`rsatmoqda. 1995yil 23-fevralda Oliy Majlisning birinchi sessiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili saylandi. Uning maqomi va faoliyat doirasi 1997-yil 26-aprelda qabul qilingan Oliy Majlisning «Inson huquqlari bo`yicha Vakili (Ombudsman) to'g`risida»gi Qonun bilan belgilab berildi. 1995-yil 30-avgustda Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to'g`risida»gi Qonun ham inson huquqi va erkinliklari to`g`risidagi qonun hujjatlarini mukammallashtirishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 1996-yil 28-avgustda bo`lib o`tgan Oliy Majlisning birinchi chaqiriq oltinchi sessiyasida: «Navbatdagi muhim masala respublikaning qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro me'yorlar va standartlarga muvofiq holga keltirishdir», deb ta'kidladi. Jahonda inson huquqlari sohasida 70 ta standart qabul qilingan. Bu hujjatlarda hukumatning o`z fuqarolari oldidagi majburiyatlari belgilab berilgan. O`zbekiston bu standartlardan 25 tasiga qo`shilgan. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling