I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
70
71
Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida 
fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi 
jinoyatlar va ularni sodir etgan lik uchun jinoiy jazo choralari 
mustahkamlangan. Xususan, fuqarolarning teng huquqliligini 
buzish (141-modda); shaxsiy hayot daxlsizligini buzish 
(141
1
-modda); fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish 
(142-modda); xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf 
xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini 
buzish (143-modda); jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish(144-
modda); vijdon erkinligini buzish (145-modda); saylov yoki 
referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlarini buzish (146-modda); saylov huquqining yoki 
ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik 
qilish (147-modda)
15
jinoyatlari aynan fuqarolarning 
Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklarini buzish 
natijasida sodir etiladigan jinoyatlar hisoblanadi.
Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda 
o‘zgalar huquqiga va manfaatiga putur etkazmasliklari nafaqat 
ommaviy munosabatlar, balki fuqarolar o‘rtasidagi shaxsiy 
munosabatlarda ham qo‘llanilishi qonunlarda belgilangan. 
2-§. O‘zbеkistоndа fuqаrоlik vа uning
kоnstitutsiyaviy аsоslаri
O‘zbekiston Respublikasi demokratik qadriyatlar va 
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga 
sodiqligini namoyon etib, Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasi g‘oyalari asnosida har bir insonning fuqarolikka 
bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Zero, 
mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli islohotlar, avvalo, demokratik huquqiy davlat barpo 
15 O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi // [Elektron manba] // URL: 
http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020).
Insonlar o‘rtasida tinchlik va osoyishtalik, tenglik 
va erkinlik, ijtimoiy adolat va xavfsizlikni ta’minlashda 
fuqarolarning o‘z huquqlarini qonunda belgilangan tartibda 
amalga oshirish hamda o‘z burchlarini to‘la bajarishlari 
muhim o‘rin tutadi. Demokratik huquqiy davlatda qonun bilan 
o‘ziga berilgan huquqdan foydalangan va o‘z majburiyatlarini 
bajargan shaxsga hech qanday ta’sir yoki uning javobgarligi 
xususida masala ko‘rilmasligi kerak. Bu toifa insonlar 
qonunlarga itoatkor insonlar hisoblanadi. Qonunga itoatkor 
insonlar fuqarolik jamiyatini tom ma’noda shakllantirish va 
haqiqiy demokratik huquqiy davlatning barqaror faoliyatini 
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida 
belgilangan “Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga 
oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy 
manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari 
shart”, – dеgan umumiy qoida Asosiy qonunimizning 
48-moddasida “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya 
etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va 
qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”, mazmunidagi 
qoidaning belgilanishi uchun normativ rahbariy asos 
hisoblanadi.
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish 
burchi - fundamental asosga ega. Boisi, har bir davlatda 
qonuniylik va uning asosida shakllanadigan huquqiy tartibot 
darajasi, oxir-oqibatda, har bir fuqaroning qanchalik qonunga 
itoatkor shaxs ekanligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
O‘zga shaxslarning qonunlarda belgilangan huquq va qonuniy 
manfaatlariga putur yetkazish yetkazilgan zararning usuli va 
hajmiga bog‘liq ravishda turli holatlarga va javobgarlikka sabab 
bo‘ladi. Bunday harakatlar (harakatsizliklar) ijtimoiy xavfliligi 
bilan jinoyat darajasida sodir etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston 
Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan ta’qib qilinadi. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling