I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
90 91 Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan qonuniy kuchga kirgan va ijro etilishi zarur bo‘lgan sud hukmi bo‘lsa yoki shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizligi manfaatlariga zid bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 3-§. Shахsiy huquq vа erkinliklаr Mаmlаkаtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning samarali mexanizmini yanada takomillashtirilishini taqozo etmoqda. Ta’kidlash joizki, mazkur islohotlarning mazmun va mohiyatini belgilashda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, mamlakat xalqining erk-irodasini o‘zida ifodalagan, demokratik tamoyillarni o‘ziga singdirgan, inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishini kafolatlagan, qolaversa davlat organlari faoliyatining asosiy yo‘nalish va faoliyatini belgilab bergan аsosiy qonundir. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini “shaxs-jamiyat-davlat” tizimi aks ettiradi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir” deb ta’kidlaganligi shaxsiy huquq va erkinliklarni amalga oshirishga tegishli. yashovchi fuqarolarga nisbatan hujjatlarni IIVga yuboradilar. IIV hujjatlarni va TIV hamda DXXning xulosasini qabul qilib, ularni o‘zining hujjatlari va xulosasi bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga taqdim etadi. Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi fuqarolik masalalari bo‘yicha Komissiyaga ko‘rib chiqishga taqdim etiladigan xulosalar asoslantirilgan bo‘lishi talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab yo‘qotiladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining yo‘qotilganligi fakti “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31 va 32-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan, chet elda doimiy yashovchi shaxslar uchun esa, konsullik muassasalari tomonidan ro‘yxatga olinadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida. Fuqarolikdan chiqish - shaxsning o‘z irodasiga ko‘ra fuqarolikning bekor bo‘lishini anglatadi. Odatda, fuqarolikdan chiqish fuqaroning iltimosi bo‘yicha amalga oshiriladi; Qonunda belgilangan tartibda shaxsning iltimosnomasiga ko‘rа O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga ruxsat etiladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishni iltimos qiluvchi shaxs davlat oldidagi majburiyatlarini yoki fuqarolarning yoxud davlat va jamoat tashkilotlarining muhim manfaatlari bilan bog‘liq mulkiy majburiyatlarini bajarmagan bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishi rad etilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling