I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
108
109
Taklif-davlat 
faoliyatini 
va 
ijtimoiy 
faoliyatni 
takomillashtirish borasidagi tavsiyalar bilan murojaat 
qilishdir.
Shikoyat - buzilgan huquq, erkinliklarni qayta tiklash 
va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab 
bilan murojaat qilishdir (“Jismoniy va yuridik shaxslaming 
murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi).
5-§. Insоnning ijtimоiy-iqtisоdiy huquqlаri
Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqi dеganda, uning 
ma’naviy- madaniy, ilmiy-ijodiy, lozim darajada turmush 
kechirishini ta’minlashga xizmat qiladigan moddiy-maishiy 
ehtiyojlarini qondirishni tartibga soluvchi huquqiy normalar 
yig‘indisi tushuniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, insonning 
muayyan ijtimoiy-iqtisodiy boylikka nisbatan huquqqa ega 
bo‘lishini nazarda tutadi. Bu kabi ijtimoiy-iqtisodiy boyliklar 
turli-tuman bo‘lib, ular fuqarolarning moddiy va ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
Insonning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
huquqi 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobida (36-42-moddalari)
da o‘rnatiigan bo‘lib, ularga mulkdor bo‘lish huquqi (36-modda); 
mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi (37-modda); adolatli 
mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish 
huquqi (37-modda); dam olish huquqi (38-modda); qariganda, 
mehnat layoqatini yo‘qotganda iqtisodiy ta’minot olish 
huquqi (39-modda); malakali tibbiy xizmatdan foydalanish 
huquqi (40-modda); bilim olish huquqi (41-modda); ilmiy va 
texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish 
huquqi (42-modda) kiradi.
Insonning yashashi, turmushi, jamiyatda umrguzaronlik 
qilishini bir qator moddiy va ma’naviy boyliklarsiz tasavvur 
mustahkam huquqiy asosini o‘rnatishda Konstitutsiyamizning 
34-moddasi normalarining beqiyos o‘rni bor.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq har 
bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli 
davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga 
arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga 
ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan 
tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.
Asosiy qonunda mustahkamlangan fuqarolarning 
murojaat qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 
11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 
to‘g‘risida”gi Qonunida batafsil yoritib berilgan. Qonunda 
quyidagilar mustahkamlab qo‘yilgan:
murojaatlar sohasidagi umumiy qoidalar va asosiy 
tushunchalar;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish 
huquqlarining kafolatlari;
murojaatlarni topshirish va ularni ko‘rib chiqish tartibi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat 
organlarining
murojaatlarni ko‘rib chiqish vaqtidagi majburiyatlari;
murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun 
iavobgarlik choralari va boshqa masalalar.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi 
Qonunda ko‘zda tutilgan umumiy qoidalardan tashqari, 
qonun hujjatlari bilan ijtimoiy munosabatlarning alohida 
sohalaridagi maxsus qoidalar tartibga solinishi mumkin.
“Murojaat” tushunchasi og‘zaki, yozma yoki elektron 
shaklda berilgan ariza, taklif yoki shikoyatlarni o‘z ichiga oladi.
Ariza - huquq, erkinlik yoki qonuniy manfaatlarni amalga 
oshirishga yordam berish haqidagi iltimos bilan murojaat 
qilishdir.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling