I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
180 181 nazorati ostida bo‘ladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, markazlashgan va markazlashmagan unitar davlatlarga bo‘linadi. Bundan tashqari ba’zi unitar davlatlarda ma’muriy- hududiy bo‘linmalarning ayrimlariga boshqalarga qaraganda imtiyozliroq huquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar davlat nisbiy ma’muriy mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga ega bo‘ladi. Muxtoriyatlar mustaqilligi markaziy hokimiyat belgilagan doiradagina bo‘ladi. Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar bo‘lmaydi. Unitar davlatdagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar faqat mahalliy masalalarni hal qilish huquqiga ega, markaziy yagona davlat hokimiyati kuchi davlatning barcha hududiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Unitar davlatlarga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston unitar davlat hisoblanadi. Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi “sof holda”gi unitar va federativ davlatlarning kam uchrashiga olib kelmoqda. Unitar davlatlar ayrim huquqlarini ma’muriy-hududiy bo‘linmalariga bermoqda, federativ shakldagi davlatlarda esa ularning markaziy organlari hokimiyatlarini butun federatsiya hududida mustahkamlashga harakat qilmoqdalar. Demak “sof holda”gi unitar va federativ davlat shakllari kam uchraydi. 2-§. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o‘rta va shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, shimoli-sharqda Qirg‘iziston, shimol va shimoliy-g‘arbda Qozog‘iston Respublikalari, janubiy-g‘arbda Turkmaniston, janubiy- sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman qilishadi. Davlat o‘z oldida turgan asosiy vazifalarni, masalan, aholining iqtisodiy turmushini tashkil etish, aholining xavfsizligini ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida turli xil faoliyatni yuritadi. Agar davlatda aholining soni ko‘p bo‘lsa, hududiy jihatdan ancha katta bo‘lsa, bu sharoitlarda markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish mushkuldir. Hududi katta, aholisi zich va milliy-etnik tarkibi turli-tuman bo‘lgan davlatlarda ma’muriy boshqaruv samaradorligini oshirish va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda huquqiy demokratik prinsiplarni tabaqalashgan tarzda shakllantirish kabi bir qancha masalalarni xal qilish uchun yagona davlat yer kengliklari ma’lum bir qismlarga ajratiladi. Davlat tuzilishi shakli-davlat hokimiyatining ma’muriy- hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar va ushbu qismlar hamda markaziy va mahalliy organlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardir. Demak, davlat tuzilishida davlatning ma’muriy- hududiy tashkil etilishi eng birlamchi ko‘rsatkich va asosiy elementlaridan biridir. Davlat tuzilishiga ko‘ra davlatlar oddiy - unitar (lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «yagona» degan ma’noni anglatadi) hamda murakkab - federativ yoki konfederativ davlatlarga bo‘linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati - aholining hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Unitar davlatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ularda markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada bo‘ladi. Ba’zi unitar davlatlarda mahalliy organlar bo‘lmaydi va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar markaziy hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Mahalliy organlar tashkil etilgan unitar davlatlarda esa, ular markaziy hokimiyat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling