I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
178
179
o‘zi boshqarish, qaysidir davlat tarkibida ichki masalalarni 
mustaqil hal qilish huquqi degan ma’noni bildiradi.
Odatda, avtonomiyaning quyidagi uch tavsifi beriladi: 
personal, korporativ va hududiy. Personal avtonomiya 
tarqoq yashaydigan, til, madaniyat, turmush tarzi masalalari 
bilan shug‘ullanish uchun biror-bir millat, etnik guruh 
uyushmalarining (maslahat ovozi huquqida) markaziy 
hokimiyat organlaridagi vakilligi orqali siyosiy hayotda 
ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar (misol uchun, Avstriya, 
Vengriya). Ko‘pchilik adabiyotlarda bunday avtonomiya 
“hududiy” emas, “milliy-madaniy” deb ataladi.
Korporativ avtonomiya lingvistik hamjamiyatlar mavjudligi 
bilan bog‘lanadi. Bunday hamjamiyatlar uchun davlat 
apparatida joylar ajratiladi, uning hududida ishlaydigan 
boshqa etnik guruh vakillari esa, mahalliy aholi tili va turmush 
tarzini yaxshi bilishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari, sud 
jarayoni, maktab ta’limi mahalliy tilda olib borilishi mumkin. 
Misol uchun, Hindistonda bunday avtonomiyaga ro‘yxatga 
olingan qabila va kastalar ega.
Hududiy avtonomiya ommaviy hokimiyatning hududiy 
tashkil etilishini anglatadi. U etnik yoki boshqa xususiyatga 
ega bo‘lgan guruhlar kompakt joylashgan hollarda tuziladi. 
Ayrim xorijiy davlatlar amaliyotida yirik (yuqori) hududiy 
birliklar, ya’ni mintaqalar avtonomiyasi davlatning hududiy-
siyosiy tashkil etilishi, quyi hududiy birliklar avtonomiyasi 
o‘z-o‘zini boshqarish sifatida belgilanmoqda. Masalan, unitar 
davlat bo‘lgan Ispaniyada avtonomiya rasman mintaqalarga 
berilganligi hududiy-siyosiy tashkil etishda mintaqaviy 
davlat shaklining ajratilishiga asos bo‘lmoqda. YAponiya va 
mintaqaviy deb e’tirof etilgan Italiyada avtonomiya barcha 
ma’muriy-hududiy birliklariga berilgan.
Ma’lumki, har qanday davlat muayyan hududda joylashgan 
bo‘ladi. Uning fuqarolari ham xuddi shu hududda istiqomat 
Federatsiyalarga tarixan shakllangan milliy, madaniy, diniy 
va boshqa xususiyatlarga ega avtonom sub’ektlardan tashkil 
etilganligi tufayli - “davlat-milliy tuzilishi”, unitar davlatlarga 
markazlashgan davlat sifatida “ma’muriy-hududiy tuzilish” 
tushunchalari qo‘llaniladi. Xorijiy davlatlarda “davlatning 
tashkil etilishi”, “davlatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi”, 
“davlat tuzilishi” yoki “ommaviy hokimiyatning hududiy 
tashkil etilishi” va boshqa tushunchalar ham ishlatiladi.
Bugungi kunda davlatlarni keng avtonomiyaga ega 
federativ, va markazlashgan boshqaruvga asoslangan unitar 
davlatlarga ajratish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Vaholanki, unitar 
davlatlardagi nomarkazlashtirish (O‘zbekiston, Qirg‘iziston, 
Fransiya va boshq.), avtonomiyalar (Angliyada milliy asosda 
shakllangan SHotlandiya va Uels, Ispaniya va boshq.) yoki, 
aksincha, markazlashgan federatsiyalarning (Flindiston, 
Pokiston) mavjudligi davlatning hududiy-siyosiy tashkil etish 
mezonlari qayta ko‘rib chiqish zaruratini ko‘rsatadi.
Hududiy-siyosiy tashkil etishda davlatning barcha hududlari 
emas, balki uning eng yirik hududi bo‘lgan mintaqalar va 
markaz o‘rtasidagi hokimiyat munosabatlarining tartibga 
solinishi ham e’tirozlidir. CHunki har bir hudud aholining 
uyushish shakli bo‘lib, uning manfaatlarini ifoda etadi. 
SHu tufayli, o‘zini o‘zi boshqarishni kengaytirish unitar va 
federativ davlatlar uchun bir xilda dolzarb masala hisoblanadi. 
Boshqaruvni optimallashtirish jarayonlari barcha hududlarga 
o‘z ehtiyojlarini qondirishga doir masalalarni hal qilish 
vakolatlarini berish, ularni amalga oshirishda mustaqiligini 
ta’minlash, ya’ni ularga avtonomiya berishni taqozo qiladi.
Avtonomiya rasman Finlyandiyada Alland orollariga, 
Ukrainada Qrimga, Nikaraguada hindular istiqomat qiladigan 
ikki okrugga, Ispaniya mintaqalariga, shuningdek, Yaponiyada 
barcha ma’muriy-hududiy birliklariga berilgan. Avtonomiya-
yunoncha autonomia, ya’ni autos-o‘zi va nomos-qonun, o‘zini 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling