I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
170 171 aslida insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, milliy davlatchilik asoslari, mamlakatimizda qonuniylikni himoya qilishning siyosiy huquqiy mexanizmlarini yaratadi. Yuqoridagi qoidalar demokratik tamoyillarga, rivojlangan mamlakatlarning konstitutsiyaviy tajribasiga to‘la muvofiqdir. Masalan, Germaniya Asosiy qonunining 5-moddasi matbuot, radio va televidenie xabarlarining erkinligini kafolatlaydi, shuningdek, tsenzurani taqiqlaydi. Italiyada OAV faohyati Konstitutsiyaning matbuot erkinligini kafolatlovchi 21-moddasiga asoslanadi. Xorijiy mamlakatlaming konstitutsiyalari bizning Konstitutsiyamiz singari nafaqat OAVning erkinligini kafolatlaydi, balki ularning zimmasiga axborot ishonchliligi uchun mas’uliyat yuklaydi. Masalan, Gretsiya Konstitutsiyasi jamiyat ma’naviyatiga tajovuz qiladigan, uyatsiz tusdagi nashr materiallari mazmuni uchun javobgarlik belgilaydi (14-modda). Shuningdek, OAV mamlakat va millatga tuhmat uyushtirish, tarqatishga haqli emas, agressiya urushi, milliy, irqiy, sinfiy, diniy adovat, kamsitish, hududiy separatizm qo‘zg‘atish, ommaviy zo‘ravonlik targdb qilish, jamiyat hayotiga, yaxshi axloq-odob qoidalariga zid uyatsiz xatti harakatlar taqiqlanadi (Ruminiya Konstitutsiyasining 30-moddasi, Italiya Konstituiyasi 21-moddasi, Gretsiya Konstitutsiyasi 14-moddasi). Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning asosida tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ommaviy axborot vositalarining hozirgi zamon rivojlanishi bosqichida muhim turtki bo‘ldi. Davlat dasturida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga OAVni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash aniq mexanizmlarini, shuningdek, 10-moddasi 1-bandiga muvofiq har kim o‘z fiknni erkin bildirish huquqiga ega. Bu huquq o‘z fikriga ega bo‘lishdan va rasmiy hokimiyat tomonidan qandaydir aralashuvsiz va davlat chegarasidan qatdy nazar axborot va g‘oyalarni olish va tarqatish erkinligidan iboratdir. Bundan tashqari, Matbuot erkinligi xartiyasi (London, 1987-yil) birinchi qismida aytilganidek, “har qanday tsenzura, bevosita yoki bilvosita, nomaqbuldir. SHu munosabat bilan ommaviy axborot vosital arming ma’lumotlarni erkin to‘plash va tarqatish huquqini cheklaydigan qonunlar va amaliyot bekor qilinishi, mahalliy va markazy hokimiyat organlari esa e’lon qilinayotgan yoki uzatilayotgan xabarlarning mazmuniga aralashmasliklari, shuningdek, axborot manbalaridan foydalanishni cheklamasliklari shart”. Shu bilan birga tsenzuraga yo‘l qo‘ymaslik hamma narsa mumkin, degani emas. Qonunchilikda ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda muayyan cheklovlar nazarda tutilgan bo‘lib, ular jamiyat va davlat xavfsizligini, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan izohlanadi. Masalan, ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston Respubhkasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rhk bilan o‘zgartirishga da’vat qilish; urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish; davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborot tarqatish; giyohvandlik vositalari psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish; pornografiyani targ‘ib etish; qonunga muvofiq jinoiy va o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir etish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi). Shu o‘rinda ko‘rsatilgan huquqiy ko‘rsatmalar, taqiqlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling