I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
166
167
Ushbu qoidalari xalqaro huquq normalariga, xususan, Inson 
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy 
huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga 
to‘la mos keladi: “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish 
huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qatfiy nazar 
har qanday usulda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va 
tarqatish erkinligini qamrab oladi”.
K.Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakili 
Tomas Kuntse shu munosabat bilan ta’kidlaydiki, “O‘zbekiston 
o‘zining taraqqiyot yo‘lini belgiladi, o‘z oldiga kuchli fuqarolik 
jamiyati qurish maqsadini qo‘ydi, axborot sohasini isloh 
qilishga, nodavlat OAVni rivojlantirishga alohida e’tibor 
qaratdi. Bugun shubhalanmasdan ta’kidlash mumkinki
boshqa davlatlar O‘zbekiston bu borada to‘plagan tajribani 
o‘zlashtirishi mumkin”.
Xalqaro huquq normalariga, xususan, Inson huquqlari 
umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar 
to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga to‘la mos 
keladi: “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga 
ega; bu huquq davlat chegaralaridan qat’iy nazar har qanday 
usulda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va tarqatish 
erkinligini qamrab oladi”.
АQSHning 36-Prеzidеnti Lindоn Jоnsоn tоmоnidаn 
1966-yildа imzоlаngаn “Ахbоrоt erkinligi to‘g‘risidа”gi Fеdеrаl 
Qоnun (Аkt) (Freedom of Information Act) fuqаrоlаrning 
dаvlаt оrgаnlаridаn ахbоrоt оlish huquqini tа’minlоvchi 
huquqiy аsоs hisоblаnаdi
32
. АQSHning “Ахbоrоt erkinligi 
to‘g‘risidа”gi Qоnunigа аsоsаn hаr bir оrgаn “АQSH Fеdеrаl 
rееstri”dа chоp etishi (e’lоn qilishi) mаjburiy mа’lumоtlаr аks 
32 Грэм Дюма. Сравнителный анализ Акта (Закона) США «О свободе 
информации»и российского Федералного закона от 9 февраля 2009 г. № 8-ФЗ 
«Об обеспечении доступак информации о деятелности государственных 
органов и органов местного самоуправления». Феврал 2010 г. – С.2. 
belgilovchi normalar chiqarib tashlandi. Shuningdek, 
ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Ommaviy 
axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilgan 
talablardan tashqari boshqa talablar qo‘yish taqiqlanishi 
belgilandi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarini 
qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi, ularning 
ro‘yxatdan o‘tmaydigan doirasi kengaytirildi.
Ta’kidlash lozimki, OAV faoliyatining huquqiy asoslarini 
tashkil qiluvchi normalar huquqning moliyaviy, iqtisodiy, 
mehnatga oid, ma’muriy, fuqarolik munosabatlarini tartibga 
soluvchi turli tarmoqlari qonun hujjatlarida ham o‘z aksini 
topdi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida OAV 
faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy kafolatlash 
to‘g‘risida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 
So‘nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq 
OAVga soliq afzalliklari va turli iqtisodiy yordam berilyapti. 
Ushbu va boshqa qator choralar OAVning bozor sharoitida 
erkin mustaqil rivojlanishining muhim omiliga aylandi.
Parlamentimiz tomonidan 2010-yilda qabul qilingan 
Mamlakatimizda 
demokratik 
islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
kontsepsiyasi OAVning huquqiy demokratik asoslarini izchil 
chuqurlashtirish ishida muhim bosqich bo‘ldi.
So‘z va axborot erkinligini ta’minlashni davlat siyosatining 
eng muhim ustuvor yo‘nalishlarida belgilagan ushbu dasturiy 
hujjatga muvofiq fuqarolik jamiyati institutlari tizimida 
OAVning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan qator muhim 
qonun hujjatlari qabul qilindi.
Xususan, 2014-yil 5-maydagi “Davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi 
Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati 
to‘g‘risidagi axborotdan ommaviy axborot vositalarining teng 
va erkin foydalana olishi samarali huquqiy kafolatlar yaratildi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling