I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
158
159
Qayd etish joizki, ota-onaning bolani tarbiyalash va ta’minlash 
bo‘yicha majburiyatlari bevosita xalqaro huquqiy hujjatlar va 
Konstitutsiyaning 64-moddasidan kelib chiqadi. Shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 65-moddasiga 
binoan, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-
onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan 
birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo‘lgan 
holatlar bundan mustasnodir. Bola o‘z ota-onasi tomonidan 
tarbiyalanishi, o‘z manfaatlari ta’minlanishi, har taraflama 
kamol topishi, insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi 
huquqiga ega. Bolaning tarbiyasini ko‘rish, ta’minot va ta’lim 
orqali amalga oshiriladi. Oila qonunchiligi bolaning ota-onasi 
va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqini ham nazarda 
tutadi.
Voyaga yetgan , mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-
onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Voyaga yetgan lik amaldagi fuqarolik va oila qonunchiligiga 
ko‘ra shaxs 18 yoshga to‘lgach to‘liq hajmda vujudga keladi. 18 
yoshga to‘lgan, mehnatga layoqatli har bir fuqaro o‘z ota-onasi 
haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdir.
Ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilish o‘zbek xalqining eng 
qadimiy insoniy hislatlardan biri bo‘lib, farzandlarning 
muqaddas burchidir. Farzandlarning o‘z ota-onalari to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik qilishi ularning ahloqiy majburiyati hisoblangan. 
Bu majburiyatni farzandlar o‘z xohishlari bilan bajarib 
kelganlar. O‘zbek xalqiga azaldan xos yuksak fazilatlar asrlar 
davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko‘tarilgan bunday 
munosabat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
66-moddasidagi asosiy qoidalar, Oila kodeksining 
109-moddasida o‘z aksini topgan bo‘lib, voyaga yetgan 
mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onasiga ta’minot berishi, 
ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga majburdir.
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 1-moddasi 
hamda O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni 3-moddasiga ko‘ra, “bola 
(bolalar) deganda 18 yoshga to‘lgunga (voyaga etgunga) qadar 
bo‘lgan shaxs (shaxslar) tushuniladi”.
Odatda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish 
bolaning qonuniy vakillari - ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, 
vasiylar va homiylar zimmasiga yuklatiladi.
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi”gi BMT Konvensiyasining 
(1989 y.) 18-moddasi 1-bandida ko‘rsatilganidek, bolaning 
manfaatlari ota-ona ko‘rsatadigan asosiy g‘amxo‘rlikning 
predmeti hisoblanadi. Ushbu g‘amxo‘rlik esa huquq normalari 
hamda urf-odat, an’analar asosida amalga oshiriladi. 
Ishtirokchi davlatlar har bir bolaning jismoniy, aqliy, ma’naviy, 
axloqiy va ijtimoiy kamol topish uchun zarur hisoblangan 
turmush darajasiga ega bo‘lish huquqini e’tirof etilishi 
konvensiyada alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Ota-ona yoki bolani 
tarbiyalayotgan boshqa shaxslar o‘z qobiliyatlari va moliyaviy 
imkoniyatlari doirasida bolaning rivojlanishi uchun zarur 
bo‘lgan turmush sharoitini ta’minlashga asosiy javobgardirlar 
(27-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazkur 
normalari asosida bir qator qonun va qonun osti hujjatlari qabul 
qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksi, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, 
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Vasiylik va 
homiylik to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga 
etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning 
profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida 
yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunlari va boshqa qonun va qonun osti 
hujjatlari shular jumlasidandir.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling