I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


partiyaning nizomi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar


partiyaning nizomi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Siyosiy partiyalar 
to‘g‘risida” Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga zid 
bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya 
yoki jamoatchilik harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya 
ro‘yxatga olinmaydi. Siyosiy partiyarii ro‘yxatga olishni rad 
etish ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan 
tartibda shikoyat qilish mumkin.
Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega;
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z 
g‘oyalari va
qarorlarini targ‘ib qilish;
saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali 
tegishli qarorlarini tayyorlashda ishtirok etish;
qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari 
saylovlarda ishtirok etish:


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
154
155
30-aprelda qabul qilingan bo‘lib, 8 bo‘lim, 30 bob, 238 
moddadan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Prezident 
farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning 
me’yoriy hujjatlari unga huquqiy asos qilib olindi. Chunki, 
ushbu huquqiy qoidalarda xotin-qizlar va erkaklar teng 
huquqliligi, jamiyatning asosiy hujayrasi hisoblangan oilani 
mustahkamlash, nikohning barqaror bo‘lishi, otalik, onalik 
va bolalikni muhofaza qilish, farzand tarbiyasida va moddiy 
ta’minotida ota-onaning huquq va majburiyatlari kabi muhim 
qoidalar o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
46,63,66-moddalarida, shuningdek, maxsus qonunlarda, 
me’yoriy hujjatlarda oilaviy munosabatlar alohida o‘z aksini 
ifodalagan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 63-moddasining 
ikkinchi qismida “Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi 
va teng huquqliligiga asoslanadi” deyilgan. Zero, nikoh 
oila poydevoridir. Oila kodeksining II bo‘limi “Nikoh” 
(13-56-moddalar) masalasiga bag‘ishlangan.
Oila kodeksining 13-moddasiga binoan nikoh fuqarolik 
holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi. Ushbu 
organda qayd etilgan nikohgina huquq va majburiyatlarni 
keltirib chiqaradi. Nikohning tegishli davlat organida qayd 
etilishi uning vujudga kelganligini isbotlovchi birdan-bir 
dalildir.
Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy 
ahamiyatga ega emas.
Nikohni tuzish nikohlanuvchilarning fuqarolik holati 
dalolatnomalarini qayd etish organlariga ariza berganlaridan 
keyin bir oy muddat o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida 
amalga oshiriladi.
Davlatning oila to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligi katta hajmda uy-
joy qurilishi, bolalar muassasalarining keng shahobchalarini 
barpo etish va rivojlantirish, maishiy xizmat, bola tug‘ilganda 
nafaqa to‘lash, ko‘p bolali oilalarga nafaqalar va imtiyozlar 
berish, shuningdek, oilaga nafaqa va yordam berishning 
boshqa turlarini rivojlantirish orqali namoyon bo‘lmoqda.
Oila 
huquqining 
asosiy 
manbayi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasidir. 
Konstitutsiyaning 
III bo‘lim, XIV bobi “Oila” deb nomlanib, 63-66-moddalar 
oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 
qoidalardir.
Yuqorida ta’kidlanganidek, asosiy qonunda oilaga maxsus 
bob ajratilgan. Bu bob “Jamiyat va shaxs” bo‘limida berilishi 
ham ayni muddao, chunki oila jamiyatning bir bo‘lagi, uning 
asosiy bo‘g‘inidir.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
63-moddasida ta’kidlangan quyidagi so‘zlar nihoyatda ramziy 
va teran ma’nodadir: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir 
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”.
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasini tashkil etadi. 
Jamiyat katta-kichik oilalardan iborat. Bu oilalar qanchalik 
mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shunchalik mustaham bo‘ladi. 
Biz qurayotgan fuqarolik ja- miyatida oila o‘ziga xos ijtimoiy 
birlashmani tashkil etadi. Oilaning bu xususiyati birinchi galda 
uning jamiyat manfaatlari bilan bog‘liqligida hamda ijtimoiy 
vazifalarda ifodalangan.
Oila huquqining asosiy tamoyillari Konstitutsiyada o‘z 
ifodasini topgan. Ular jumlasiga oilani jamiyat va davlat 
muhofazasida bo‘lishi, oilada erkak va ayolni teng huquqliligi, 
nikohning ixtiyoriy va teng bo‘lishi, ota-onalar va bolalarning 
asosiy huquq va majburiyatlaridir.
Oila 
huquqining 
asosiy 
manbayi 
O‘zbekiston 
Respublikasining Oila kodeksidir. Oila kodeksi 1998-yil 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling