I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
148 149 davlatlar hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi. Ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq faoliyati butun Respublika hududida amalga oshiriladigan jamoat birlashmalari Respublika jamoat birlashmalariga kiradi. Viloyat, shahar, tuman, shaharcha va qishloq jamoat birlashmalari mahalliy jamoat birlashmalariga kiradi. Nizomda belgilangan vazifalariga qarab qaysi hududda faoliyat yuritsa, o‘sha hudud, ya’ni viloyat, shahar, tuman, shaharcha va qishloq jamoat birlashmalari hisoblanadi. Jamiyatning siyosiy tizimi ijtimoiy-siyosiy tusdagi munosabatlarda qatnashuvchi tashkilotlardan iborat. Siyosiy tizimning ajralmas tarkibiy qismi va uning asosiy bo‘g‘inlaridan biri esa siyosiy partiyalardir. Partiya - (lot. Partio - bo‘laman, ajrataman) g‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish uchun ajratilgan kishilar guruhi. Siyosiy partiya jamiyatda kishilarni birlashtiradi va ularning maqsad-muddaolarining birligini ta’minlaydi, vakillik organlari uchun kurashib, o‘z siyosiy guruhlarining manfaatlarini himoya qiladilar. Oliy Majlis, xalq deputatlari kengashlarini shakllantirishda ular ham eng asosiy siyosiy kuch sifatida maydonga chiqadilar hamda o‘z nomzodlarining saylanishi bilan hokimiyatni tuzish va davlat boshqaruvida ishtirok etadilar. Partiyalarning vujudga kelish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning ko‘rinishi qadimgi davrlardayoq mavjud bo‘lganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalan, miloddan avvalgi V asrda Afina (Yunoniston)da aristokratik va demokratik guruhlar (bular o‘ziga xos dastlabki partiyalar edi) o‘rtasida siyosiy kurash boshlangan edi. Siyosiy partiyalar o‘rta asrlarda ham mavjud bo‘lgan. Shuni nazarda tutish kerakki, qadimgi davrda ham, o‘rta asrlarda ham partiyalar faqat davlatni ustavi amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak. Agar jamoat birlashmasining ustavi qonun talablariga zid bo‘lsa, yoxud ilgari xuddi shu nomdagi jamoat birlashmasi ro‘yxatga olingan bo‘lsa, jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olishni rad etish mumkin. Ustavni ro‘yxatga olish rad etilgan taqdirda bu xaqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunning qoidalariga zid ekanligi ko‘rsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi. Jamoat birlashmasining ustavini ro‘yxatdan o‘tkazining rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik-protsessual qonunchiligida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Xalqaro, Respublika va viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishning rad etilishi ustidan - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy jamoat birlashmalari ustavini ro‘yxatdan o‘tkazishning rad etilishi ustidan esa - tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga shikoyat qilish mumkin. Jamoat birlashmalari ramz sifatida o‘z timsoliga, bayrog‘iga va vimpeliga ega bo‘lishi mumkin. Jamoat birlashmalarining timsollari ustavga muvofiq, ularning rahbar idoralari tomonidan tasdiqlanadi. Bayroqlar va vimpellar belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. O‘zbekistonda jamoat birlashmalarining quyidagi turlari mavjud: -xalqaro jamoat birlashmalari; -respublika jamoat birlashmalari;. -mahalliy jamoat birlashmalari. Agar O‘zbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining faoliyati, o‘z nizomiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida va bitta yoki undan ortiq xorijiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling