I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
150 151 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” gi Qonunning 1-moddasiga ko‘ra, siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir 30 . “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” gi qonunning 6-moddasiga muvofiq siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy sub’ektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi. Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo‘lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasini chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim. Tashkiliy qo‘mita o‘zi tuzilgan kundan boshlab etti kunlik muddatdan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘z tashabbusi, qo‘mitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozim. Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i bilan uch oy faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir. Siyosiy partiya ta’sis s’ezdida yoki konferentsiyasida tuziladi. Ta’sis s’ezdi yoki konferentsiyasi partiya ustavi va dasturini qabul qiladi, uning saylab qo‘yiladigan organlarini tuzadi. Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi. 30 Ўзбекистан Республикасининг «Сиёсий партиялар тўғрисида»ги Конуни. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 йил, № 2, 36-модда. boshqarish rejimi (tartibi) ma’lum darajada demokratiya alomatlariga ega bo‘lgan joylardagina tashkil topgan. Faqat shunday sharoitlarda partiyalar qandaydir ijtimoiy manfaatlarni ifoda eta olishgan. Partiyalar, qachonki ularni turli ijtimoiy manfaatlarni tahlil qilish, bunday manfaatlarni ta’riflash va himoya qilishga majbur qiluvchi boshqa Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling