I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
146
147
(konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilish bayonnomasi, qonun 
talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova 
qilinadi.
Ustavni ro‘yxatga olish xaqidagi ariza u topshirilgan kundan 
boshlab ikki oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan o‘zgarishlar, 
qo‘shimchalar ham ustavlarni ro‘yxatga olish tartibi va 
muddatlariga muvofiq ro‘yxatga olinishi lozim.
Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga oluvchi idoralar 
ana shu birlashmalar ro‘yxatini tuzib boradilar.
Jamoat birlashmasining ustavida quyidagilar ko‘zda 
tutilishi kerak:
jamoat birlashmasining nomi, maqsadi va vazifasi;
jamoat birlashmasining ichki tuzilishi, uning o‘z faoliyatini 
amalga oshiradigan xudud;
jamoat birlashmasi a’zoligiga qabul qilish shartlari va 
tartibi, agar birlashma ro‘yxatda qayd etiladigan a’zolarga ega 
bo‘lsa, bunday hollarda undan chiqish shartlari va tartibi;
jamoat birlashmasi a’zolari (qatnashchilari)ning huquqlari 
va burchlari;
jamoat birlashmasi hamda uning tashkilotlari rahbar 
idoralarining vakolatlari va ularni tuzish tartibi, vakolat 
muddati;
jamoat birlashmasi hamda tashkilotlarining mablag‘lari 
va boshqa mol-mulkini hosil qilishning pul bilan ta’minlanish 
manbalari;
jamoat birlashmasining rahbar idorasi qayerda 
joylashganligi;
jamoat birlashmasi ustaviga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar 
kiritish tartibi;
jamoat birlashmasi faoliyatini to‘xtatish tartibi.
Ustavda jamoat birlashmasi faoliyatiga taalluqli boshqa 
qoidalar ham ko‘zda tutilishi mumkin. Jamoat birlashmasining 
ko‘ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar;
yurtdoshlar uyushmalari;
assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari.
Jamoat birlashmalari aholining ma’lum qismini o‘zida 
birlashtirgan
bo‘lib, ularning ma’lum bir sohadagi manfaatlarini amalga 
oshirish uchun tashkil etiladi.
Jamoat birlashmasi birlashma sifatida tan olinishi uchun 
albatta O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
ro‘yxatga olinishi shart.
Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqaroning tashabbusi 
bilan tuziladi.
Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari ta’sis s’ezdini 
(konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishini chaqiradilar, unda 
ustav (nizom, o‘zga asosiy hujjat) qabul qilinadi va rahbar 
idoralar tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro, jamoat 
tashkilotlarining respublika, viloyatlararo birlashmalarining 
ustavlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 
ro‘yxatga 
olinadi. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasida 
jamoat birlashmasining ustavini ro‘yxatga olish tartibi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.
Viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq hududida yoki 
ikki va undan ortiq tuman, shahar, shaharcha, qishloq hududida 
faoliyatini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarining 
ustavlari viloyatlar, Toshkent shahar adliya boshqarmalari 
tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Jamoat birlamasi ustavini ro‘yxatga olish uchun ustav 
qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur 
jamoat birlashmasi rahbari va idora a’zolari tomonidan 
imzolangan va shu a’zolar har birining familiyasi, ismi, 
otasining ismi, tug‘ilgan yili, istiqomat joyi ko‘rsatilgan ariza 
topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan ta’sis s’ezdi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling