I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


partiyalar, ya’ni raqiblar bo‘lgandagina, o‘z majburiyatlarini


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar


partiyalar, ya’ni raqiblar bo‘lgandagina, o‘z majburiyatlarini 
saqlab qoladilar, ularni amalga oshirishga harakat qiladilar 
va faoliyat ko‘rsata oladilar. Partiyalar shu tarzda jamiyatning 
turli qatlamlari (tabaqalari) orasida o‘z tarafdorlariga ega 
bo‘ladilar.
Demokratiyaning eng muhim belgilaridan biri bu 
- hokimiyat vakillik organlarining ko‘ppartiyaviylik 
asosida shakllanishidir. Respublikamizda siyosiy hayotni 
demokratlashtirish borasida konstitutsiyaviy huquqiy 
asos yaratildi. Bunga misol qilib, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Siyosiy 
partiyalar to‘g‘risida», “Nodavlat notijorat tashkilotlari 
to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi 
qonunlarni keltirish mumkin.
Hozirgi kunda Respublikamizda O‘zbekiston Xalq 
demokratik, “Adolat” sotsial-demokratik, “Milliy tiklanish” 
demokratik va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati, 
O‘zbekiston Liberal-demokratik, O‘zbekiston Ekologik 
partiyalari faoliyat yuritib kelmoqdalar. Barcha siyosiy 
partiyalar o‘z faoliyatlarini Konstitutsiya va qonunlar asosida 
amalga oshiradilar.
Konstitutsiyamizning 60-moddasida belgilanganidek
“Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlaming siyosiy 
irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan 
saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tashkil 
etishda ishtirok etadilar”.


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
152
153
partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va 
boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy 
axborot vositalari ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot 
vositalaridan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan 
ittifoq tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan 
shartnoma munosabatlari o‘rnatish.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling