I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
142
143
birlashmalariga o‘z ustavlarida nazarda tutilgan asosiy 
maqsad va vazifalarni bajarish imkonini kafolatlaydi. Bu 
kafolat fuqarolarning ixtiyoriy uyushishga bo‘lgan huquqlarini 
ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 9200 
dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik 
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik 
qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy 
maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul 
qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari 
to‘g‘risida”gi qonunida jamoat birlashmasi tushunchasi
maqsadi, shakllari, faoliyat doirasi va huquqlari, maqomi va 
ro‘yxatga olinishi kabi normalar o‘z ifodasini topgan.
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot
ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning 
boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga 
chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini 
erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma 
jamoat birlashmasi hisoblanadi.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavida belgilangan maqsad 
va vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. “Jamoat 
birlashmalari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga ko‘ra, 
“Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy, huquqlar hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va 
himoya qilish; fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, 
davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok 
etishini rivojlantirish, kasb-kor va havaskorlik qiziqishlarini 
qondirish; ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlikni 
rivojlantirish; aholining sihat-salomatligini saqlash, xayriya 
faoliyatida qatnashish; madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-
sog‘lomlashtirish va sport ishlarini amalga oshirish; tabiatni, 
madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish; vatanparvarlik 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling