I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
136 137 mulkiy komplekslar, o‘quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa, boshqa mol-mulk bo‘lishi mumkin. Respublika mulki Respublika byudjetiga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Respublika mulki bo‘lgan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar tasarruf qilish huquqiga egadir. Munitsipal mulk esa - davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari, shuningdek, boshqa mol-mulklardan iborat bo‘ladi. Ushbu mulk turi mahalliy byudjetga tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobidan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutiigan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. Munitsipal mulk bo‘lgan mol-mulkni davlat hokimiyati mahalliy organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadilar. Shuningdek, munitsipal mulk bo‘lgan mol-mulk yuridik shaxslarga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo‘yilishi mumkin hamda munitsipal mulk ob’ektlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin. Davlat jamiyatimiz iqtisodiy negizini tashkil etishda mulk shakllarini erkin sharoitini va mulkdorlar huquqlarini ta’minlash maqsadidda bozor munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu xususiyatlar quyidagilarda o‘z ifodasini topdi: atom energetikasi ob’ektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi ob’ektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar; portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lari; sanitariya-epidemiologiya stantsiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof-muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar; davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish muassasalarining korxonalari; maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi); qabristonlar 28 . Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki ob’ektlari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq boshqa ob’ektlar ham kiritilishi mumkin. Ommaviy mulk esa Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 214-moddasiga asosan, Respublika mulki - yer, yerosti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi Respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektlari, Respublika byudjetining mablag‘lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari Respublika mulkidir, shuningdek, korxonalar va boshqa 28 Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг “Дaвлaт тaсaрруфидaн чиқaриш вa xусусийлaштириш тўғрисидa”ги қoнуни [Электрон манба] // URL: http://lex. uz (мурожат қилинган вақт 23.01.2020). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling