I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
134 135 xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek, sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan mol- mulk); ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy- tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va ob’ektlar; radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va ob’ektlar; qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob- uskunalar, portlovchi moddalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar; ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek, tig‘ qurol (sovg‘a tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar; kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar ekuvchi, etishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar; O‘zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi ob’ektlar hamda mol- mulk; 207-moddasiga ko‘ra, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar xususiy mulk huquqining sub’ektlari hisoblanib, qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi davlat mulki ob’ektlarining 18 ta toifasi belgilab berilgan. Ular sirasiga quyidagilar kiradi, jumladan: O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi; moddiy madaniy meros ob’ektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros ob’ektlari, shuningdek, arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar; O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamg‘armalarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxirasi; pul muomalasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta to‘lovi belgilarini ishlab chiqarishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlar; O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling