I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
138 139 Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan ayrim guruhlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, maishiy xizmat va xizmat ko‘rsatishning boshqa turlari bo‘yicha imtiyozlar va afzalliklar belgilanishi mumkin. Mulk huquqi ikki ma’nodagi: ob’ektiv va sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqiga bo‘linadi. Ob’ektiv ma’nodagi mulk huquqi deganda, tabiat ashyolarini ijtimoiy o‘zlashtirishning mavjud zaxiralarini, usullarini belgilash, tartibga solish va mustahkamlash uchun xalq manfaatlarini ko‘zlab belgilangan tadbirlarni ifodalovchi huquq normalari yig‘indisi nazarda tutiladi. CHunonchi, mulk to‘g‘risidagi umumiy qoidalar ob’ektiv huquq normalari hisoblanadi. Ob’ektiv ma’nodagi mulk huquqi mutlaq huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Bunga misol sifatida mulk huquqini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini keltirish mumkin. Sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqi deb, ayrim shaxslar, ya’ni huquq sub’ektlarining (davlat, yuridik shaxslar va fuqarolarning) ob’ektiv huquq normalari asosida kelib chiqadigan mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqlariga aytiladi. Sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqi nisbiy-huquqiy normalar asosida tartibga solinadi. Sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqi mulk sohibining o‘ziga mulk yoki ashyoviy huquq asosida tegishli bo‘lgan mol-mulklarni qonunda taqiqlanmagan asoslarda, vakolat doirasida, o‘zga shaxslarning manfaatlariga putur etkazmagan holda egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish maqsadida turli bitimlar tuzishida namoyon bo‘ladi. Masalan, turli shartnomalar tuzish, o‘z mulkini meros qilib qoldirish va boshqa bitimlar orqali mulkka bo‘lgan huquqni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish sub’ektiv ma’nodagi mulk huquqining mazmunini bildiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 54-moddasida mulkdan foydalanish jarayonida mulkdorga nisbatan bir qator birinchidan, iqtisodiy faoliyat erkinligi; ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyati erkinligi; uchinchidan, mehnat qilish erkinligi; to‘rtinchidan, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi; beshinchidan, mulk shakllarining huquqiy jihatdan bab- baravar muhofaza etilishi. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 1-moddasiga muvofiq, iste’molchi deganda, foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro, ya’ni jismoniy shaxs tushuniladi 29 . Ushbu Qonurming 4-moddasida “Iste’molchilarning asosiy huquqlari” belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega: tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek,, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish; tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi; tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi; hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchining g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi; buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish; iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish. 29 Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг “Истeъмoлчилaрнинг ҳуқуқлaрини ҳимoя қилиш тўғрисидa”ги қoнуни [Электрон манба] // URL: http://lex.uz (мурожат қилинган вақт 18.02.2020). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling