I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
140
141
“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi, 
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va har bir tabiiy 
resurslar to‘g‘risidagi qonunlarda yanada rivojlantirilgan va 
kengroq tartibga solingan.
Xususan, Fuqarolik kodeksida tabiiy resurslar Respublika 
mulki, Yer kodeksi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi 
qonunda - davlat mulki (umummilliy boylik), “Tabiatni 
muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza 
qilish to‘g‘risida”gi, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish to‘g‘risida”gi (yangi tahriri), “Hayvonot 
dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 
(yangi tahriri) qonunlarda - umummilliy boylik, “Yer osti 
boyliklari to‘g‘risida”gi qonunda (yangi tahriri) O‘zbekiston 
Respublikasining mulki sifatida talqin etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasida 
tabiiy 
resurslardan 
oqilona 
foydalanish 
talabi 
mustahkamlangan. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 
deganda, ulardan ilmiy asoslangan, har bir tabiat ob’ektining 
o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan, ekologik va iqtisodiy 
manfaatlar uyg‘unlashgan holda, tejamli, ularni qayta tiklash, 
holatini yaxshilash va keskin o‘zgartirmaslikni ko‘zda 
tutadigan holda foydalanish tushuniladi.
Shuningdеk, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi 
davlat mulk huquqi ustuvoriigi e’tirof etilishi, belgilangan 
tartibda qo‘lga kiritilgandan so‘ng xususiy mulkka aylanishi, 
davlat tasarruf etish huquqini davlat organlari faoliyati orqali 
amalga oshirishi, tabiiy resursdan maqsadli foydalanish 
talabi belgilanganligi, hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini 
ta’minlagan holda amalga oshirilishi kabi xususiyatlari bilan 
tavsiflanadi.
majburiyatlar ham yuklangan bo‘lib, ularga ko‘ra ekologik 
muhitga zarar etkazmaslik, fuqarolar, yuridik shaxslar va 
davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan 
manfaatlarini buzmaslik shart.
Ekologik muhit - bu insonni o‘rab turgan tabiiy kelib 
chiqishga ega bo‘lgan atrof tabiiy muhit. Ekologik muhitga zarar 
yetkazish hozirgi va kelajak avlod manfaatlariga daxl qilishi, 
salbiy ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik oqibatlarga sabab bo‘lishi va 
mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi 
tufayli konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilgan.
Mulk huquqi tabiiy resurslar kimga tegishliligini va 
mulkdorlarning ularga nisbatan vakolatlarini anglatadi. 
Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi unga egalik qilish
foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namoyon 
bo‘ladi.
Asosiy qonunimizda tabiiy resurslar umummilliy boylik 
sifatida e’tirof etilgan. Tabiiy resurslar - yer, suv, o‘rmon, yer 
osti boyliklari va shu kabilar mol-mulk ob’ektlari tizimida 
alohida o‘rin egallaydi. Birinchidan, ular ko‘p hollarda inson 
mehnatining mahsuli emas, foydalanib bo‘lgandan keyin qayta 
tiklanmaslik xususiyatiga ega yoxud qayta tiklash uzoq davom 
etadigan jarayon hisoblanadi. Ikkinchidan, tabiiy resurslar 
jonli va jonsiz tabiatning tarkibiy qismi, inson yashash muhiti 
bilan uzviy bog‘liq. Binobarin, tabiiy resurslardan har qanday 
foydalanish va unga ta’sir qilish bevosita boshqa shaxslarga 
va jamiyatga muayyan darajada ta’sir etmasdan iloji yo‘q. 
Uchinchidan, tabiiy resurslardan foydalanmasdan turib har 
qanday ishlab chiqarish jarayonini tashkil etib bo‘lmaydi. 
Iqtisodiy tizimda tabiiy resurslar ishlab chiqarish vositasi 
sifatida namoyon bo‘ladi.
Tabiiy resurslarni umummilliy boylik sifatida e’tirof 
etuvchi Konstitutsiyamizning 55-moddasi O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksida, Yer kodeksida



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling