I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
126
127
Demak, 
ushbu 
muqaddas 
burch 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi 52-moddasida “O‘zbekiston 
Respublikasini himoya qilish - O‘zbekiston Respublikasi har 
bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan 
tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar” 
deb belgilandi.
“Vatanparvarlik tuyg‘usi O‘zbekiston fuqarolariga xos 
xislat. O‘z davlatining obro‘-e’tiborini mustahkamlash, qadr-
qimmatini saqlash uchun ular halol va vijdonan mehnat 
qiladilar, uning iqtisodini yanada rivojlantirish uchun 
jamiyatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni 
muvaffaqiyatli hal qilish uchun harakat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi qayerda va 
qanday lavozimda ishlamasin, qanday vazifani bajarmasin, 
vaqtincha qaysi xorijiy davlatda yashab, unga topshirilgan 
vazifani bajarishda davom etib turmasin, o‘zining tutgan 
o‘rni, xatti-harakatlari bilan o‘z Vatanining obro‘sini baland 
ko‘tarishga, uning sha’niga dog‘ tushirmaslikka, O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarosi dеgan nomga munosib bo‘lishga 
harakat qiladi”.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasini himoya 
qilish - o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, uning 
mustaqilligi yo‘lida o‘zini fido etadigan, unga sadoqatini 
ifodalaydigan har bir O‘zbekiston fuqarosining insoniy 
tuyg‘usidir.
Mаvzuni mustаhkаmlаsh uchun sаvоllаr.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi fuqаrоligi dеgаndа nimаni 
tushunаsiz? O‘zbеkistоn Rеspublikаsi fuqаrоligining huquqiy 
аsоslаrini yoritib bеring. 
u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat 
qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burch 
imon-e’tiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan 
chambarchas bog‘liq” dеgan entsiklopedik tushunchasini 
e’tirof etib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XI bobi 
“Fuqarolarning burchlari”ga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu bobda 
fuqarolarning oltita eng muhim Konstitutsiyaviy burchlari 
belgilangan. Ammo O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish 
burchi barcha fuqarolarga emas, balki faqatgina O‘zbekiston 
Respublikasi fuqarosining burchi ekanligi ahamiyatlidir.
Albatta vatanparvarlik, yurtga sadoqat, ona-Vatanga, 
prezidentga sodiqlik, xalqqa xizmat qilish eng ulug‘, eng 
sharafli burch ekanligidan dalolatdir.
“Vatanparvarlik - kishilarning ona yurtiga, o‘z vataniga 
muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. 
Vatanparvarlik barcha kishilar, xalqlar, millatlar uchun 
umumiy bo‘lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan 
umuminsoniy tuyg‘u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy 
jihatdan Vatanparvarlik kishilarning o‘z vatanlari taqdiri bilan 
bog‘liq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o‘zlari yashayotgan 
hududning daxlsizligi va mustaqilligi yo‘lidagi kurashi 
jarayonida takomillashib kelgan his tuyg‘ular jamlanmasi 
hamdir. Bu vatanning o‘tmishi va hoziri bilan faxrlanishda, 
uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo‘ladi”.
Darhaqiqat, sharafli va oliyjanob, aziz va tabarruk bo‘lgan 
burchni bajarish kindik qoni tomgan har bir insonning yurtni 
asrab-avaylash, e’zozlash, uning kelajagi uchun qayg‘urishga, 
xalqiga, prezidentiga sodiq xizmat qilishga undaydi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling