I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
122
123
bajarilishini ta’minlovchi normalar takomillashtirilib 
borilmoqda.
Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va 
farovonligi ko‘p jihatdan uning tabiatga nisbatan munosabati 
bilan bog‘liq. Chunki ming yillar davomida insoniyat tabiat 
qonuniyatlari asosida yashab, unga moslashib, uning 
ne’matlaridan bahramand bo‘lib kelmoqda.
Tabiatdan foydalanish jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiy etishining muhim shartidir, ta’bir joiz bo‘lsa, davlat 
iqtisodiy qudrati va salohiyatining moddiy asosidir. Kishilik 
jamiyati tabiiy resurslardan foydalanmagan holda mavjud 
bo‘la olmaydi va bunday sharoitda barqaror rivojlanish 
to‘g‘risida so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Shunday ekan, 
tabiatdan foydalanish bu muqarrar voqeilikdir. O‘z navbatida 
inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda 
rivojlanishi lozim bo‘ladi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakatimizda 
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda 
ekologik omillarning ustuvorligi va bozor iqtisodiyotining 
tamoyillari, ma’muriy va iqtisodiy-huquqiy mexanizmlaming 
o‘zaro bog‘liqligi asosida bosqichma-bosqich ekologik siyosat 
olib borilmoqda.
Shuning uchun ham atrof tabiiy muhitga bo‘lgan 
munosabatda fuqarolarning ehtiyotkor bo‘lishga majburligi, 
uning eng muhim burchlari qatorida tabiatning inson oldida 
emas, balki insonning tabiat oldida ma’sulligi va uning bir 
bo‘lagi sifatida uni asrab-avaylashi haqidagi tabiiy qonuniyat 
yotadi.
Konstitutsiyaning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy 
muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” 
deb belgilangan qoida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar 
amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xayrli ishlarning poydevori 
bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillikning dastlabki 
kunlaridayoq muqaddas qadamjolar va moddiy-madaniy 
yodgorliklarni asrab-avaylash, ta’mirlash borasida amaliy 
harakatlar boshlab yuborildi. O‘lkamizning deyarli barcha 
shaharlarida bunyod etilgan tarixiy-moddiy me’morchilik 
obidalari, ko‘hna osori-atiqalar ko‘pligi tufayli jahon 
jamoatchiligi tomonidan mamlakatimizni “ochiq osmon 
ostidagi muzey” deya e’tirof etilganligining o‘ziyoq, o‘zbek 
xalqi uchun yuksak iftixordir. Masalan, 2002-yil 24-yanvar 
YUNESKOning Finlyandiyada o‘tkazilgan 25-sessiyasida 
Samarqand 
tarixiy 
markazining 
me’moriy-tarixiy 
yodgorliklari YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. 
Mamlakatimizning 5 ta shahri YUNESKOning tarixiy shaharlar 
ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ulardagi 2500 ta tarixiy obida, 2700 
ta arxeologik yodgorlik, 1800 ta monumental san’at asarlari 
davlatimiz muhofazasiga olindi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq tarixiy 
yodgorliklarni asrab-avaylash bo‘yicha huquqiy zamin yaratildi. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
XII bob, 49-moddasida “Fuqarolar o‘zbekiston xalqining 
tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab- asrashga 
majburdirlar. Madaniy yodgorliklar davlat muhofazasidadir” 
deb belgilab qo‘yilishi ushbu sohadagi munosabatlarning 
huquqiy poydevori sifatida muhim ahamiyat kasb etdi. 
Mamlakatimizda xalqimizning bebaho tarixiy, madaniy, 
ma’naviy va moddiy merosini asrab-avaylash, o‘rganish hamda 
targ‘ib qilish masalasiga eng muhim ustuvor vazifalardan biri 
sifatida e’tibor qaratildi.
Mamlakatimizda bu boradagi ishlar davom ettirilib, buyuk 
ajdodlarimiz va kelajak avlod oldidagi burchlar sidqidildan 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling