I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
120
121
Sha’n - jamiyatning shaxsga bergan bahosi bo‘lib, jamiyat 
a’zosi sifatida shaxs ijtimoiy-ma’naviy jihatlarining o‘lchovidir. 
Jamiyatning shaxsga bahosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqaroning 
o‘ziga bog‘liqdir, chunki uning shaxsi davlatga va jamiyatga, 
o‘zini o‘rab turgan insonlarga munosabati hamda ba’zi bir 
harakatlari va umumiy faoliyati asosida shakllanadi. Bu inson 
faoliyatining ijtimoiy hayotdagi o‘rni va samarali faoliyatining 
foydaliligiga bog‘liq, chunki mazkur sifat uning barcha 
xususiyatlarini aks ettiradi.
Qadr-qimmat-shaxsning jamoadagi o‘rniga, shaxsiy 
xususiyatlariga, qobiliyatiga, dunyoqarashiga qarab o‘zini o‘zi 
ichki baholashdir. Har bir inson o‘zining jamiyatdagi tutgan 
o‘rnini anglab еtadi.
Qadr-qimmat dеganda, odatda, inson va uning ma’naviy 
hamda aqliy xislatlari, uning ob’ektiv va sub’ektiv jihatlari, 
jamiyatdagi obro‘si, nufuzi, donishmandligi, ma’naviyati, fe’l-
atvori, bilim darajasi kabilar tushuniladi.
Insoniyat tarixidan ma’lumki, aksariyat xalqlar, davlat va 
saltanatlar o‘z boyliklarining ma’lum bir qismini hashamatli va 
ulkan darajadagi me’morchilik obidalarini bunyod etishga va 
kelajak avlodlarga meros qilib qoldirishga harakat qilganlar. 
Biroq turli tabiiy ofatlar, bemisl urushlar va to‘qnashuvlar 
jarayonida ko‘plab tarixiy obidalar vayronaga aylanib, 
yo‘q bo‘lib kyetgan yoki ba’zilarining nomlarigina tarix 
zarvaraqlarida muhrlanib qolgan.
Tarixiy obidalarni, me’morchilik yodgorliklarini asrab-
avaylash, ularni muhofaza qilish bugungi kunda har bir millat, 
davlat va xalqaro tashkilotlarning ustuvor vazifasiga aylandi. 
1983-yil ta’lim, ilm-fan va madaniy masalalar bo‘yicha 
xalqaro tashkilot bo‘lgan YUNESKO huzuridagi yodgorliklar 
va diqqatga sazovor joylarni asrash bo‘yicha xalqaro Kengash 
tomonidan 18-aprel - Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylar 
umumjahon meros kuni etib e’lon qilinishi bu boradagi 
Fuqarolarning asosiy burchlari Konstitutsiya va boshqa 
qonunlarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularda fuqarolar 
Konstitutsiyaga rioya qilish bilan birga, undagi har qanday 
qoidalar buzilishining oldini olishi, boshqa shaxslarning 
qadr-qimmatini hurmat qilishga majbur ekanligi o‘z ifodasini 
topgan.
Inson va fuqarolarning asosiy konstitutsion burchlari 
quyidagilardan iborat:
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-
qimmatini hurmat qilish;
O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini 
avaylab-asrash;
atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash;
Vatanni himoya qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasiga 
ko‘ra, «Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, 
boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-
qimmatini hurmat qilishga majburdirlar».
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish, boshqa 
kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini 
hurmat qilish asosiy konstitutsion burch sifatida e’tirof etilar 
ekan, bu nafaqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, 
balki mamlakatimiz hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolari 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ham bajarilishi 
majburiydir.
Konstitutsiyaviy burchlarni bajarishga qo‘yiladigan talablar 
zamirida mamlakatda qonuniylikni ta’minlash yotadi.
Qonuniylik muhiti - davlat va jamiyatdagi mustahkam tartib 
va barqarorlikning asosi, har bir fuqaro hayotida tinchlik va 
osoyishtalik bo‘lishining garovidir.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling