I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
116 117 Mehnatga layoqatsizlarga - jismoniy nuqsonlari mavjudligi tufayli mehnat qobiliyatini yo‘qotgan jismoniy shaxslar kiradi. Yolg‘iz keksalar - dеganda o‘zgalar parvarishiga muhtoj, mehnat layoqatini to‘la yoki qisman yo‘qotgan holda o‘z boquvchisiga ega bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Voyaga etmaganlar huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati organlari tizimida maxsus tuzilmalar tashkil etilgan. Xotin-qizlar va erkaklar tengligi - ularning teng huquq va majburiyatlar sohibi ekanligini anglatadi. Xotin-qizlar va erkaklar tengligi - demokratiyaning muhim elementidir. Bu tenglik fuqarolarning davlat, qonun va sud oldida rasmiy tan olinadigan huquqiy tengligi bo‘lib, u har bir fuqaroning qaysi jinsga mansubligidan qat’iy nazar teng huquq va erkinlikka ega ekanligini anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda mazkur konstitutsiyaviy normaning amaliy hayotga tatbiq etilishida yuqoridagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar misolida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shularga asosan xotin- qizlar haq-huquqlarni himoya qilish, ularga qulayliklar yaratish davlat siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 7-§. O‘zbеkistоndа fuqаrоlаr burchlаrining kоnstitutsiyaviy аsоslаri O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari bilan birgalikda asosiy burchlari ham mustahkamlangan bo‘lib, uni bajarish fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-moddasiga ko‘ra. «Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar». eng muhimlari albatta mamlakat Konstitutsiyasi normalarida aks etadi. Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari Konstitutsiyada belgilanishi esa o‘z navbatida ushbu huquqlarning Konstitutsiyaviy ahamiyatga ega ekanligidan va ularning bosh ustuvor o‘rinda turishini ham belgilaydi. Insonning davlatning bosh qomusida belgilangan huquqlari bu ularning Konstitutsiyaviy huquqlari bo‘lib, ushbu huquqlar nafaqat mamlakat qonunlari balki, xalqaro huquq normalarining ham umuminsoniy tamoyillariga mos tushishi barobarida oliy qadriyat sifatida baholanadi. Konstitutsiyaviy huquqlar asosiy qonunda belgilanib, milliy qonunchilik hujjatlarida ular yanada takomillashtirilаdi va ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash yuzasidan sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora- tadbirlarni amalga oshirish belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasida aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj alohida qismini davlat o‘z himoyasiga olgan. Bu esa ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish hamda ijtimoiy jihatdan kafolatlangan davlat barpo etish kabi strategik maqsadlarni amalga oshirishning salmoqli asosi bo‘lib hisoblanadi. Voyaga etmaganlar - bu O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jismoniy shaxslar bo‘lib, ular yoshiga ko‘ra, muomalaga layoqatsiz yoki qisman layoqatli bo‘lishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling