Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida variativ o‘quv rejalarini joriy etish bo‘yicha tavsiya I. Umumiy qoidalar


Download 222.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.08.2023
Hajmi222.23 Kb.
#1665537
  1   2   3
Bog'liq
02 Вариатив режа тавсия 1 илова ўзгартирилган варианти 13 06 2023



O‘zbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab ta’limi 
vazirining 2023-yil 19-iyuldagi 
213-sonli buyrug‘iga 
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida
variativ o‘quv rejalarini joriy etish bo‘yicha
TAVSIYA 
 
I. Umumiy qoidalar 
 
1. Ushbu tavsiya quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqildi: 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son 
Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son 
Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid 
davlat dasturi”; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida 
uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qarori; 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish 
va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi 
PQ-5032-son qarori. 
2. Maktabgacha 
va 
maktab 
ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim 
muassasalarining 7-11-sinflarida variativ o‘quv rejalari ixtiyoriy ravishda joriy 
qilinadi. 
3. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yili davomida variativ o‘quv rejalari 
joriy etilgan sinflar (keyingi o‘rinlarda – tanlov sinfi) yo‘nalishini o‘zgartirishga
va an’anaviy sinfga aylantirishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogika kengashi tomonidan tanlov 
sinfining yo‘nalishi joriy o‘quv yili yakunlanib, yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida 
o‘zgartirilishi mumkin.
4. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sinfdagi o‘quvchilar, ularning ota-onalari 
hamda o‘qituvchilarning uchdan bir qismi norozi bo‘lsa ushbu sinfda variativ o‘quv reja 
joriy qilinmaydi. 

Download 222.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling