I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
164 165 demokratik islohotlarning muhim omili va ayni vaqtda natijasi bo‘ldi. Natijada, mustaqillik yillarida OAVning normativ huquqiy negizini yaratish bo‘yicha ancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bu ularning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda), “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Shu ma’noda alohida ta’kidlash joizki, 1997-yildagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bu boradagi birinchi tizimli qonun hujjati bo‘ldi. Shu bilan birga mustaqil OAV shakllangan sari jamiyatning izchil demokratlashuvi va mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida ular faoliyatining yangi mezonlari, vazifalari vujudga keldi. Shu munosabat bilan 2007-yil 15-yanvarda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinib, unda OAV faoliyatining turli jihatlarini yanada liberallashtirishni ta’minlovchi, OAV faoliyatining huquqiy kafolatlarini kuchaytiruvchi qator normalar mustahkamlandi. Xususan, yangi tahrirdagi qonundan basharti ariza sudning ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar bir yil o‘tmasdan berilgan bo‘lsa yoki ommaviy axborot vositasining muassisi yo muassislaridan biri yo noshirning joylashgan manzili O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida bo‘lsa, ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish huquqini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ushbu va boshqa qator tizimli tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlar natijasida “Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston Miliiy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga teng edi, xolos”. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining tarkibi tubdan o‘zgarayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Eng tezkor axborot vositasi - Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayapti. Global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan oshib kyetgan i, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko‘rsatyapti. Ta’kidlash joizki, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borishi va jahon internet makonida miliiy segmentning ko‘payishi jahon maydonida Vatanimiz, mamlakatimiz obro‘si oshib borishiga xizmat qiladi. Ushbu sohada qabul qilinayotgan barcha choralar OAVning yanada erkin rivojlanishi, ularning faoliyati takomillashuvining muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida OAV soni 3,6 marotaba ko‘paydi. O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy Uyushmasi, Miliiy matbuot markazi, Elektron ommaviy axborot vositalari miliiy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llabquvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va boshqa OAVning o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi tashkil qilish tuzilmalari tuzilishi OAV faoliyati sohasida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling