I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
194
195
va Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar 
yuzaga kela boshladi. 
O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach
Qoraqalpog‘iston ASSR mustaqil O‘zbekiston tarkibidagi 
suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu 
tabiiy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoq va 
o‘zbek xalqi o‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror 
topgan, turmush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik 
vujudga kelgan. Orolbo‘yi kengliklarida o‘zbek va qoraqalpoq 
xalqlarining ajdodlari birgalikda yashab mehnat qilgan va 
o‘zlarining taraqqiyot yo‘llarini bosib o‘tganlar.
1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Oliy Kengashining VI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasi 
tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi suvereniteti 
to‘g‘risida” deklaratsiya qabul qilindi. Har ikki respublika 
o‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi 
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z 
aksini topdi. Qoraqalpoq xalqi o‘z davlatchiligi taraqqiyoti 
tarixida ana shunday adolatli demokratik imtiyozlarga, 
suveren respublikaning davlat ramzlariga ega bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 
14-dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘istonning 
Davlat bayrog‘i, 1993-yil 9-aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida 
Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga muvofiq, 1994-yil 25-dekabrda Oliy 
Kengash o‘rniga muqobillik asosida respublika parlamenti 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashkil etildi.
Bugungi kunda respublikaning ma’muriy - hududiy 
tuzilmasi 15 ta tuman va 2 ta shahardan iborat. Bular 
Amudaryo, Beruniy, Bo‘zatov, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, 
Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Nukus, Taxtako‘pir, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, 
CHimboy, SHumanay, Ellikqal’a tumanlari va Nukus hamda 
Taxiatosh shaharlaridir. Mazkur hududlarda qoraqalpoqlar 
bu holat paxtachilik sanoatini bir markazdan boshqarishni 
engillashtirar edi.
Uchinchidan, orollik o‘zbeklar qadim zamonlardan buyon 
Amudaryoning ikki sohilida yashovchi qoraqalpoqlar bilan 
siyosiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda o‘zaro yaqin 
munosabatlarda bo‘lib kelganlar.
To‘rtko‘l shahrida 1936-yil 23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan faollar 
yig‘ilishida QQASSRning O‘zbekistonga qo‘shilishini butun 
xalq bir ovozdan ma’qulladi. 1937-yil 20-martida QQASSR 
Sovetlarining III maxsus qurultoyida yangi Konstitutsiya qabul 
qilindi. U 1937-yilning sentabrida O‘zbekiston SSR Markaziy 
Ijroiya qo‘mitasining Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi.
1937-yildagi Konstitutsiyaga muvofiq, qonun chiqaruvchi 
organ sifatida QQASSR Jo‘qorg‘i Soveti belgilandi. Jo‘qorg‘i 
Sovet avtonom Respublikaning hukumatini-Xalq Komissarlari 
Sovetini tuzishga haqli bo‘ldi. Xalq Komissarlar Soveti Jo‘qorg‘i 
Sovet, sessiyalar davri oralig‘ida esa uning Prezidiumi oldida 
hisobot bergan. Shuningdek, u Xalq Komissarlarining ish 
faoliyatini boshqargan va nazorat qilgan.
Qoraqalpog‘iston ASSRning keyingi Konstitutsiyasi Jo‘qorg‘i 
Sovetning 1978-yili 29-mayda bo‘lib o‘tgan navbatdan 
tashqari IX chaqiriq 8-sessiyasida qabul qilindi. Asosiy 
qonunda Qoraqalpog‘iston davlat hokimiyat organlarining 
funksiyalari biroz kengaytirildi. Ta’kidlash joizki, bundan 
oldingi Konstitutsiyalar singari 1978-yilgi Konstitutsiya ham 
o‘sha davrdagi ma’muriy buyruqbozlik va totalitar tuzumning 
yorqin timsoli bo‘ldi.
Markazdan turib bir yoqlama rejalashtirish va kam sonli 
xalqlarga bo‘lgan e’tiborning sustligi tufayli Qoraqalpog‘iston 
Sobiq Ittifoq tarkibidagi taraqqiyot darajasi eng past bo‘lgan 
o‘lkalardan biriga aylandi. Ittifoq hukumatining aybi bilan 
qiyinchiliklar chuqurlashdi, muammolar ustiga muammolar 
tug‘ildi. Ekologik halokat yuzaga keldi. Yerlarning sho‘rlanishi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling