I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

2-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
shakllanish tartibi va tarkibi
Ijro etuvchi hokimiyatning konstitutsiyaviy-huquqiy 
modellari, avvalo ushbu davlatning boshqaruv shaklidan kelib 
chiqadi va u ko‘p jihatdan hukumatni shakllantirish tartibi 
va uning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ijro etuvchi hokimiyatning 
tizimi, shuningdek, davlat tuzilishi shakliga (unitar, federativ, 
konfederativ) yoki uning hududiy taqsimlanishiga bog‘liq 
boshqa xususiyatlarga ham ega. Bundan tashqari, ijro 
etuvchi hokimiyatning shakllanishi va uning tutgan o‘rniga 
davlat hokimiyatini amalga oshirishning yo‘llari va usullari 
yig‘indisidan kelib chiqadigan siyosiy rejim ham katta ta’sir 
o‘tkazadi.
O‘zbekiston mustaqilligining murakkab o‘tish davrida 
qabul qilingan qonunlarning amalda bajarilishini ta’minlay 
oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, 
siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir 
bo‘lgan ijro hokimiyatining samarali tizimi va tuzilmalarini 
yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu maqsadda tub 


KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
308
309
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z lavozimiga ko‘ra, ayni 
vaqtda Vazirlar Mahkamasi Raisi hisoblanadigan bo‘ldi.
1992-yil 
8-dekabrda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida 
ulkan siyosiy voqea bo‘ldi. Konstitutsiyamiz suveren 
davlatimizni qonuniy-huquqiy jihatdan shakllantirishning 
asosi bo‘lib qoldi. Konstitutsiyada o‘rnatilgan tamoyil - 
davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatlariga bo‘linishining mantiqiy davomi sifatida 1993-
yil may oyida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
to‘g‘risida”gi
qonun qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasi ijro 
etuvchi hokimiyatning mustaqil organi maqomini oldi. Eski 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hamda uning hokimiyat va 
boshqaruv organlari barham topib, davlat hayotining yangi 
demokratik, huquqiy asoslari yaratildi. Davlat tushunchasi
uning ma’no-mohiyati tubdan o‘zgardi. U islohotlarning bosh 
tashabbuskori hamda ularni muvofiqlashtiruvchi asosiy 
kuchga aylandi.
2003-yillarda ikki palatali parlamentni tashkil etish, 
o‘tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, davlat, iqtisodiy-
ijtimoiy masalalarni hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumati rolini va mustaqilligini kuchaytirish “O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida’’gi qonunning 
yangi tahrirda qabul qilish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi. 
Unda Vazirlar Mahkamasi, hukumat a’zolarining javobgarligi 
masalalari aniqlashtirildi.
Vazirlar Mahkamasi va hukumat a’zolariga yuklatilgan 
vazifalarni bajarish mas’uliyatini oshirish maqsadida, 
shuningdek, Vazirlar Mahkamasi Raisiga tegishli ayrim 
vakolatlar - Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish 
va rahbarlik qilish, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlarni o‘z vaqtida samarali ijro etish vazifalari 
Bosh vazir zimmasiga yuklatildi. Oqibatda, O‘zbekiston 
Mahkamasiga aylantirildi. Prezident ayni bir vaqtda Vazirlar 
Mahkamasining Raisi bo‘lib qoldi, Prezident va hukumat 
apparati birlashtirildi.
Shunday qilib, Prezident respublikada oliy ijroiya va 
boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy martabali 
shaxsga aylandi va davlat boshlig‘i sifatida ham o‘z o‘rnida 
qoldi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qaror va 
farmoyishlar ham qabul qilish huquqiga ega bo‘ldi. 1992-yil 
4-yanvardagi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Bosh 
vaziri lavozimi ta’sis etildi.
Bulardan tashqari, o‘sha paytda Vitse-prezident lavozimi 
ham ta’sis etilgan bo‘lib, u asosan Vazirlar Mahkamasi 
faoliyatini tashkil etuvchi lavozim hisoblangan. Ta’kidlash 
kerakki, joriy etilgan Vittse-prezident lavozimi qisqa vaqt 
ichida davlat boshqaruvi nuqtai-nazaridan o‘zini oqlamadi. Shu 
boisdan ham 1992-yil 4-yanvardagi Qonun
53
bilan bu lavozim 
tugatilib, O‘zbekistonning ijro etuvchi hokimiyati tizimida 
yangi lavozim, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri 
lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazirga Vazirlar Mahkamasiga 
rahbarlik qilish va uning ishini tashkil qilish mas’uliyati 
yuklatildi. Bosh vazir lavozimining ta’sis etilishi O‘zbekiston 
Hukumati faoliyatining samarali tashkil etilishida muhim 
voqea bo‘ldi. Bosh vazirga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik 
qilish va uning faoliyatini tashkil qilish vazifasining yuklatilishi, 
ushbu institutning rivojlanishi va davlat hokimiyati organlari 
tizimida uning o‘rnini mustahkamlanishida muhim rol o‘ynadi. 
Prezident respublika hukumati tarkibiga rasman kirmagan 
holda Vazirlar Mahkamasining Raisi lavozimini egalladi, ya’ni 
53 Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Вице-
Президенти лавозимини тугатиш ва Бош вазир лавозимини таъсис 
килиш ва Ўзбекистон Республикаси Конституциясига (Асосий конунига) 
ўзгартириш киритиш тўғрисида”ги конуни // Ўзбекистон Республикаси 
Олий Кенгашининг ахборотномаси. -1992. -№ 3 . - 144-модда



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling