I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
304
305
Mamlakatdagi 
konstitutsiyaviy-huquqiy 
normalarni, 
eng asosiysi ularda vujudga kelgan vaziyat va hukumat 
faoliyatining maqbullashtirish shaklini tahlil qilish, boshqaruv 
shaklidan qat’i-nazar muayyan hukumatning ijtimoiy-siyosiy 
hayotda tutgan real o‘rni va roli haqida bir muncha tasavvur 
hosil qilish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
sentabrdagi PF-5185-sonli Farmoni bilan “O‘zbekiston 
Respublikasida 
Ma’muriy 
islohotlar 
Kontsepsiyasi” 
tasdiqlandi. Unga muvofiq, birinchidan, ijro etuvchi hokimiyat 
organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish; ikkinchidan, ijro etuvchi 
hokimiyat organlarining vazifalari (funksiyalari, vakolatlari
ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohasini 
aniqlashtirish, muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik 
jarayonlarini takomillashtirish; uchinchidan, iqtisodiyot 
tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish 
va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish
to‘rtinchidan, vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi 
hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini 
takomillashtirish; beshinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga 
strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion 
g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish
oltinchidan, professional davlat xizmatining samarali tizimini 
shakllantirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida 
korruptsiyaga qarshi kurashishning ta’sirchan mexanizmlarini 
joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy 
islohotlar kontsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l 
xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini yanada 
keng joriy etish, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini 
yanada takomillashtirish hamda ma’muriy adliya tizimini 
Каракалпакстан: Дис ... д- ра юрид. наук. Ташкент, 1999. - С. 238-248. 
Hukumat - davlatning barcha hududlarida umummajburiy 
bo‘lgan hujjatlar qabul qiladigan kollegial organ.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston 
Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning 
samarali faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirib, 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini 
ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat oliy organi sifatida u “o‘z 
faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O‘zbekiston 
Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning 
manfaatlarini hisobga olish prinsiplari”ga asoslanadi
48
.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mamlakat 
hukumati hisoblanib, hokimiyatning mustaqil tarmog‘i - 
ijroiya hokimiyatni boshqaradi. U mamlakatning kundalik 
hayotiga oid masalalarni hal qilish uchun rahbarlikni 
amalga oshiruvchi hamda mamlakat taraqqiyoti istiqbolini 
belgilashda ishtirok etuvchi, bu borada keng vakolatlarga ega, 
kollegial organ. Uning faoliyati jamiyat va davlat hayotining 
barcha jabhalariga ta’sir qiladi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
ijro 
etuvchi 
hokimiyat organlarini tadqiq qilgan huquqshunos olima 
E.D.Qutiboyevaning fikricha, respublika misolida ijro etuvchi 
hokimiyatni amalga oshirish uchun yaxlit organlar (apparat) 
tizimi mavjud bo‘lib, ular umumiy vakolatga ega ijro organlarini 
(masalan, respublika Vazirlar Kengashi, tuman va shahar 
hokimlari), shuningdek, davlat-boshqaruv mexanizmining 
tarmoqlar, tarmoqlararo va boshqa bo‘g‘inlarini o‘z ichiga 
oladi
49
.
48 Ўзбекистан Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси. 1993 йил 
5 сон. 202 модда. (янги таҳрирда «Халқ сўзи» газетаси 2003 йил 29 август).
49 Кутыбаева Е.Д. Органы исполнителной власти Республики 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling