I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
104
105
madaniy hayotining turli masalalari, tashqi siyosat masalalari 
bo‘yicha talablarini ilgari suradilar.
Milliy, xorijiy yuridik adabiyotlarda mitinglar, yig‘ilishlar 
va namoyishlar shaklida o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar 
quyidagicha ko‘rinishda belgilanadi:
Miting — asosan ijtimoiy-siyosiy xarakterda bo‘lgan dolzarb 
muammolar bo‘yicha ijtimoiy fikrni ommaviy bildirish uchun 
belgilangan joyda fuqarolarning hozir bo‘lishidir.
Yig‘ilish — ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan biror-bir 
masalani jamoaviy muhokama qilish uchun fuqarolarning 
maxsus ajratilgan yoki shuning uchun moslashtirilgan joyda 
birgalikda hozir bo‘lishi.
Namoyish - fuqarolar guruhining uyushtirilgan 
harakatlanishi, shu jumladan transport vositalaridan, plakat, 
transparant va boshqa ko‘rgazmali tashviqot vositalaridan 
foydalanish asosida jamoaviy kayfiyatini bildirishi.
Davlat hokimiyati organlari fuqarolarga namoyishlar 
o‘tkazish orqali siyosiy huquqlarini amalga oshirishlari uchun 
maydon va ko‘chalar, shuningdek, radio, televidenie va boshqa 
ommaviy axborot vositalaridan foydalanish imkoniyatini 
berishi lozim.
Fuqarolar o‘zlarining mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar 
o‘tkazish shaklidagi ijtimoiy faollik huquqini faqat O‘zbekiston 
Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshirishlari 
shart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2014-yil 29-iyuldagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va 
o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan ommaviy tadbirlarni tashkil 
etish va o‘tkazishni yana takomillashtirish, ularni o‘tkazishda 
fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlash bo‘yicha 
tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlagan.
Prеzidеntimiz 2020-yil 24-yanvаr kuni Оliy Mаjlisgа 
yo‘llаgаn Murоjааtnоmаsidа nоdаvlаt nоtijоrаt tаshkilоtlаri 
vа fuqаrоlik jаmiyatining bоshqа institutlаri bugungi kundа 
аhоlini o‘ylаntirаyotgаn muаmmоlаrgа dаvlаt idоrаlаri 
e’tibоrini qаrаtib, o‘zlаrining аsоslаngаn tаkliflаrini bеrib 
bоrishlаri mаqsаdgа muvоfiq ekаnini аlоhidа tа’kidlаb, jаmо-
аtchilik nаzоrаtini yanаdа kuchаytirish, dаvlаt vа jаmiyat 
o‘rtаsidа o‘zаrо yaqin hаmkоrlik o‘rnаtish mаqsаdidа 
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Jаmоаtchilik pаlаtаsini tаshkil etish 
tаshаbbusini ilgаri surdi.
25
Murоjааtnоmаdа mаmlаkаtimizning ijtimоiy-iqtisоdiy 
hаyotigа оid vа jаmоаtchilikdа аlоhidа qiziqish uyg‘оtаdigаn 
o‘tа muhim mаsаlаlаrgа dоir qаrоrlаrni qаbul qilishdа jаmо-
аtchilik bilаn mаslаhаtlаr, jаmоаtchilik eshituvlаrini o‘tkаzish 
mаjburiyligini аniq bеlgilаsh, jаmоаtchilik mа’qul dеsа – 
mа’qul, nоmа’qul dеsа – nоmа’qul bo‘lishi kеrаkligi аytib 
o‘tilgаndi.
2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respubiikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, davlat va jamiyat qurilishini 
takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda 
jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish 
davlat va jamiyat qurilishining eng muhim ustuvorligi sifatida 
belgilangan.
Mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar orqali fuqarolar 
o‘zlarining fikrlarini erkin shakllantiradilar va ifoda etadilar, 
shuningdek, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
25 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar 
kuni Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasi // [Elektron manba] // URL: http://
lex.uz (murojaat qilingan vaqt 25.02.2020).



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling