I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
106 107 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng muhim siyosiy huquqiaridan biri - kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Fuqarolarning uyushishga oid Konstitutsiyaviy huquqi fuqarolarni o‘zlarining umumiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid yuridik kafolatlar bilan ta’minlaydi, uyushish huquqisiz, shunchaki, deklarativ norma bo‘lib qoladigan boshqa Konstitutsiyaviy huquqlarga (masalan, mitinglar va yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi, so‘z erkinligi huquqi va boshqalar) ma’no-mazmun beradi. Asosiy qonunimizning 34-moddasida mustahkamlangan (jamoat birlashmalariga) uyushish huquqi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim va hal qiluvchi shartlaridan biridir. Zero, fuqarolar uyushmalari — aholining mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashning eng muhim shaklidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Prezident Sh.Mirziyoyev vatandoshlarimizning e’tiborini jamiyatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratib shunday dеgan edi: “Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir. Konstitutsiyamizda oliy qadriyat sifatida belgilab qo‘yilgan inson huquqlarini ta’minlash masalasi bundan buyon ham e’tiborimiz markazida bo‘ladi” 26 . Davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlangan davlat-huquqiy siyosatining bu ustuvor yo‘nalishini amalga oshirishning 26 Мирзиёев Ш.М Миллий тараққиёт йўлимизни катьият билан давом эттириб, янги боскичга кўтарамиз. Т.1. -Тошкент: “Ўзбекистан”, 2017. - 106, 108-6. Konstitutsiyaning 33-moddasida faqat asoslangan xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash yuzasidan hokimiyat organlarining huquqi aks ettirilgan. Bu modda dunyo tajribasiga to‘liq mos keladi. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mazkur demokratik jarayonning bosh maqsadi har kimning siyosiy o‘zligini namoyon qilishda emas, balki ijtimoiy murosasozlikka erishishdadir. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishidan biri xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘lib, u davlat mustaqilligi va suverenitetini, xavfsizligini, farovonligini mustahkamlashga qaratilgandir. Ushbu omillarning ahamiyatini Ijtimoiy fikr, jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan tadqiqotlar ham tasdiqlaydi, unga ko‘ra, birlik va murosasozlik, demokratik rivojianishning muhim asoslari bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatini yanada mustahkamlashi qayd etildi. Hozirda O‘zbekiston fuqarolarining 88 foizi bizning davlatimizda hamma fuqarolar uchun millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar teng huquqlar Konstitutsiyaviy kafolatlanganligini ta’kidlaydilar. Shunday qilib, Konstitutsiyaning ushbu 33-moddasi huquqiy tartibga solishning yagona tizimini shakllantiradi, unga ko‘ra, bir tomondan, mamlakat fuqarolariga o‘zlarining siyosiy va fuqarolik huquqlaridan foydalanish imkoniyatini beradi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy faoilikni mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan sharoitlarni - jamoat tartibi va xavfsizlikni, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta minlash kafolatlarini, amaldagi qonunlar so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling