I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
112
113
to‘g‘risida”gi qarorlari pensiyalar va nafaqalar to‘lash tizimini 
tubdan takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
40-moddasida o‘rnatilishicha, har bir inson malakali tibbiy 
xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Ushbu Konstitutsiyaviy 
qoida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini 
saqlash to‘g‘risida”gi qonunida rivojlantirilib, fuqarolarning 
sog‘lig‘ini saqlash huquqi atroflicha tartibga solingan.
Ushbu qonunga binoan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 
sog‘liqni saqlash borasida daxlsiz huquqqa egadirlar. Davlat 
yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib 
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar 
fuqarolarning sog‘lig‘i saqlanishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
16-martdagi PF-4985-sonli “Shoshilinch tibbiy yordamni 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
farmoni, 2018-yil 16-oktyabrdagi PQ-3973-sonli “O‘zbekiston 
Respublikasida tez yordam xizmatini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 1-apreldagi PQ-
2863-sonli “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2016-
yil 31-oktyabrdagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon 
vositalari va tibbiy buyumlari bilan ta’minlashni yanada 
yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2018-yil 
2-avgustdagi PQ-3894-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 
sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini 
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hozirgi 
vaqtda aholining sog‘lig‘ini saqlashda muhim ahamiyat kasb 
etmoqda.
Bilim olish huquqi insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari 
tarkibida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra, 
Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar tizimida inson qariganda, 
mehnat layoqatini yo‘qotganda ijtinioiy ta’minotdan 
foydalanish huquqi muhim huquqlaridan biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida 
o‘rnatilishicha, har kim qariganda, mehnat layoqatini 
yo‘qotganda, shuningdek - boquvchisidan mahrum bo‘lganda 
va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy 
ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy 
yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan 
tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin 
emas.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2016-yil 24-fevraldagi PQ-2499-sonli. “Aholining hojatmand 
qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini 
takomillashtirish 
bo‘yicha 
tashkiliy 
chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarori, 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-
sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 1-avgustdagi PF-5060-sonli 
“Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmonlari nogironlarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda 
alohida ahamiyat kasb etadi.
Mehnat kodeksida belgilangan insonning pensiya 
ta’minoti bilan bog‘liq huquqi O‘zbekiston Respublikasining 
“Fuqarolarning pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunida 
batafsil tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
2-fevraldagi PQ-2753-sonli “Ish haqi, pensiya, nafaqa va 
stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
,
gi, 2017-yil 
13-martdagi PQ-2826-sonli “Pensiyalar va nafaqalar to‘lash 
mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling