I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
118 119 iymon-e’tiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha bo‘ladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik burchi va boshqa burchlar bor. Burch - nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan o‘zgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etib bormoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldidagi turgan maqsadlar bilan yanada uyg‘unlashmoqda. Bizda ona - Vatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulug‘ va sharafli burch hisoblanadi. Burch o‘zbekiston davlati tomonidan belgilanib, Konstitutsiyada mustahkamlangan har bir fuqaro bajarishi shart bo‘lgan, bajarmaslik esa javobgarlikka olib keladigan xatti-harakatlar va yashash tarzi qoidalaridan iborat. Burch ijtimoiy zaruriyat bo‘lib, ularning bajarilishi butun jamiyat manfaatlari uchun zarurdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdir. Fuqaro o‘z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon etkazmasligi lozim. Shu bois, shaxs o‘z huquq va erkinliklaridan qonun doirasidan chiqmagan holda foydalanishi lozim. Agarda qonundan tashqari xatti-harakat sodir etilsa, u holda, qonun tomonidan jazolanadi. Bu esa Konstitutsiyaviy burchlarni bajarmasligidan kelib chiqadi. Konstitutsion burchlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni bajarmaganlik uchun javobgarlik Konstitutsiyaning o‘zida emas, balki turli qonunchilik tarmoqlarida (ma’muriy, soliq, jinoyat va h.k.) belgilanadi. Ma’lumki, huquq shaxsga tabiat, jamiyat, davlat tomonidan beriladigan o‘z harakatining turi va me’yorini tanlab olish imkoniyati bo‘lsa, burch jamiyat va davlat tomonidan belgilangan va huquqiy normalarda o‘z aksini topgan talablarni bajarish zaruriyatidir. Bundan tashqari, burchning o‘ziga xos jihatlari bo‘lib, ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Burch asosan qoidalardan, axloqiy normalardan kelib chiqadi, majburiyat esa, aksar hollarda shartnoma va bitimlardan kelib chiqadi; burch shaxs tug‘ilgandan to umrining oxiriga qadar davom etadi, majburiyat esa shartnomaning amal qilish davrigacha bo‘ladi; shuningdek, burch davlat va jamiyat tomonidan belgilanib, uning bajarilishi talab etiladi. Burch va majburiyat bajarilmagan taqdirda ko‘riladigan chora-tadbirlar turlichadir. Burch bajarilmaganda huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi. Burch - shaxs huquqiy maqomining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, u inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklari bilan chambarchas bog‘liqdir. Buni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limida inson va fuqarolarning asosiy huquq hamda erkinliklari bilan birga ularning asosiy burchlarining ham belgilanishi bilan izohlash mumkin. Inson faqatgina burchga ega bo‘lishi mumkin emas, xuddi shuningdek, inson burchsiz huquqqa ham ega bo‘lmaydi. Erkinlik huquqqa asoslangan tartib doirasida amalga oshirilsa hayotiy ahamiyat kasb etadi. Tartib esa bu huquq va burchning uyg‘unligidir. Demak, burch bu - kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushunchadir. Burchda ob’ektiv munosabatlar ifodalanadi. Ya’ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Burchning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burch |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling