I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
124
125
benzin, dizеl yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan 
soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:
yagona ijtimoiy to‘lov;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning 
sug‘urta badallari;
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
davlat boji;
bojxona to‘lovlari;
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim 
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Shuningdek, belgilangan hollarda va tartibda soliq 
solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi 
soliqlar qo‘llanilishi mumkin:
yagona soliq to‘lovi;
yagona yer solig‘i;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy 
belgilangan soliq.
Ushbu nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy 
to‘lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar 
hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tarzida 
undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy 
yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya 
qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining Vatani 
oldidagi muqaddas va sharafli burchidir.
Avvalambor, “Burch - kishining biror shaxs, oila, jamoa, 
el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy 
tushuncha. Burchda ob’ektiv munosabatlar ifodalanadi, ya’ni 
u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan 
belgilanadi. Burchining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, 
uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologik tizimlar va tabiat 
ob’ektlarining muhofaza qilinishini, fuqarolarning qulay atrof 
muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Fuqarolarning eng muhim Konstitutsiyaviy burchlaridan 
biri ularning qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy 
yig‘imlarni to‘lashga majbur ekanliklaridir.
O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi 12-moddasiga 
muvofiq, soliqlar dеganda, soliq kodeksida belgilangan
muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib 
berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, byudjetga 
yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
Majburiy to‘lovlar dеganda esa soliq kodeksida belgilangan 
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, 
bojxona to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda 
mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik 
harakatlarni to‘lovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, 
shu jumladan muayyan huquqlarni yoki litsenziyalar va 
boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun to‘lanishi 
lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
Soliq kodeksi 23-moddasida soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning turlari belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston 
Respublikasi hududida faqatgina soliq kodeksida nazarda 
tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aktsiz solig‘i;
yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus 
to‘lovlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
mol-mulk solig‘i;
yer solig‘i;



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling