I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
164
165
demokratik islohotlarning muhim omili va ayni vaqtda natijasi 
bo‘ldi.
Natijada, mustaqillik yillarida OAVning normativ huquqiy 
negizini  yaratish  bo‘yicha  ancha  ishlar  amalga  oshirilgan 
bo‘lib,  bu  ularning  huquqlari  va  manfaatlarini  ta’minlash, 
mamlakatimizda  so‘z  erkinligini  ta’minlash  muhim  omili 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Xususan,  “Ommaviy  axborot  vositalari 
to‘g‘risida”gi  (yangi  tahrirda),  “Axborot  olish  kafolatlari 
va  erkinligi  to‘g‘risida”gi,  “Axborot  erkinligi  prinsiplari  va 
kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi,  “Axborotlashtirish  to‘g‘risida”gi,  “Noshirlik 
faoliyati  to‘g‘risida”gi,  “Telekommunikatsiyalar  to‘g‘risida”gi, 
“Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyatining 
ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Shu  ma’noda  alohida  ta’kidlash  joizki,  1997-yildagi 
“Ommaviy  axborot  vositalari  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni bu boradagi birinchi tizimli qonun 
hujjati  bo‘ldi.  Shu  bilan  birga  mustaqil  OAV  shakllangan 
sari  jamiyatning  izchil  demokratlashuvi  va  mamlakatni 
modernizatsiya  qilish  sharoitida  ular  faoliyatining  yangi 
mezonlari, vazifalari vujudga keldi.
Shu  munosabat  bilan  2007-yil  15-yanvarda  “Ommaviy 
axborot  vositalari  to‘g‘risida”gi  Qonunning  yangi  tahriri 
qabul qilinib, unda OAV faoliyatining turli jihatlarini yanada 
liberallashtirishni  ta’minlovchi,  OAV  faoliyatining  huquqiy 
kafolatlarini kuchaytiruvchi qator normalar mustahkamlandi. 
Xususan,  yangi  tahrirdagi  qonundan  basharti  ariza  sudning 
ommaviy  axborot  vositasi  faoliyatini  tugatish  to‘g‘risidagi 
qarori  qonuniy  kuchga  kirgunga  qadar  bir  yil  o‘tmasdan 
berilgan  bo‘lsa  yoki  ommaviy  axborot  vositasining  muassisi 
yo  muassislaridan  biri  yo  noshirning  joylashgan  manzili 
O‘zbekiston  Respublikasining  tashqarisida  bo‘lsa,  ommaviy 
axborot  vositasini  ro‘yxatdan  o‘tkazishni  rad  etish  huquqini 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek,  ushbu  va  boshqa  qator  tizimli  tashkiliy-
huquqiy  chora-tadbirlar  natijasida  “Hozirgi  kunda 
respublikamizda  1500  dan  ziyod  ommaviy  axborot 
vositasi  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Birgina  O‘zbekiston  Miliiy 
teleradiokompaniyasi  tarkibidagi  telekanallarning  bir  sutka 
davomidagi  umumiy  efir  vaqti  616  soatni  tashkil  etmoqda. 
Holbuki, mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo‘g‘i 48 soatga 
teng edi, xolos”.
Davlatimiz  rahbari  mamlakatimizda  ommaviy  axborot 
vositalarining tarkibi tubdan o‘zgarayotganiga alohida e’tibor 
qaratdi. Buni yurtimizdagi barcha telekanallarning qariyb 53 
foizi, radiokanallarning esa 85 foizi nodavlat ommaviy axborot 
vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Eng tezkor axborot vositasi - 
Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayapti.
Global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari 
soni  400  dan  oshib  kyetgan  i,  ularning  aksariyati  xorijiy 
tillarda faoliyat ko‘rsatyapti.
Ta’kidlash  joizki,  internet  jurnalistikasi  jadal  rivojlanib 
borishi  va  jahon  internet  makonida  miliiy  segmentning 
ko‘payishi jahon maydonida Vatanimiz, mamlakatimiz obro‘si 
oshib borishiga xizmat qiladi.
Ushbu sohada qabul qilinayotgan barcha choralar OAVning 
yanada erkin rivojlanishi, ularning faoliyati takomillashuvining 
muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida OAV 
soni 3,6 marotaba ko‘paydi.
O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy Uyushmasi, Miliiy matbuot 
markazi,  Elektron  ommaviy  axborot  vositalari  miliiy 
assotsiatsiyasi,  Mustaqil  bosma  ommaviy  axborot  vositalari 
va  axborot  agentliklarini  qo‘llabquvvatlash  va  rivojlantirish 
jamoat fondi va boshqa OAVning o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini 
o‘zi tashkil qilish tuzilmalari tuzilishi OAV faoliyati sohasida 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling