I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
166 167 Ushbu qoidalari xalqaro huquq normalariga, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga to‘la mos keladi: “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qatfiy nazar har qanday usulda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi”. K.Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakili Tomas Kuntse shu munosabat bilan ta’kidlaydiki, “O‘zbekiston o‘zining taraqqiyot yo‘lini belgiladi, o‘z oldiga kuchli fuqarolik jamiyati qurish maqsadini qo‘ydi, axborot sohasini isloh qilishga, nodavlat OAVni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Bugun shubhalanmasdan ta’kidlash mumkinki, boshqa davlatlar O‘zbekiston bu borada to‘plagan tajribani o‘zlashtirishi mumkin”. Xalqaro huquq normalariga, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga to‘la mos keladi: “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq davlat chegaralaridan qat’iy nazar har qanday usulda turli axborot va g‘oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi”. АQSHning 36-Prеzidеnti Lindоn Jоnsоn tоmоnidаn 1966-yildа imzоlаngаn “Ахbоrоt erkinligi to‘g‘risidа”gi Fеdеrаl Qоnun (Аkt) (Freedom of Information Act) fuqаrоlаrning dаvlаt оrgаnlаridаn ахbоrоt оlish huquqini tа’minlоvchi huquqiy аsоs hisоblаnаdi 32 . АQSHning “Ахbоrоt erkinligi to‘g‘risidа”gi Qоnunigа аsоsаn hаr bir оrgаn “АQSH Fеdеrаl rееstri”dа chоp etishi (e’lоn qilishi) mаjburiy mа’lumоtlаr аks 32 Грэм Дюма. Сравнителный анализ Акта (Закона) США «О свободе информации»и российского Федералного закона от 9 февраля 2009 г. № 8-ФЗ «Об обеспечении доступак информации о деятелности государственных органов и органов местного самоуправления». Феврал 2010 г. – С.2. belgilovchi normalar chiqarib tashlandi. Shuningdek, ommaviy axborot vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunda ko‘rsatilgan talablardan tashqari boshqa talablar qo‘yish taqiqlanishi belgilandi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi, ularning ro‘yxatdan o‘tmaydigan doirasi kengaytirildi. Ta’kidlash lozimki, OAV faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi normalar huquqning moliyaviy, iqtisodiy, mehnatga oid, ma’muriy, fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi turli tarmoqlari qonun hujjatlarida ham o‘z aksini topdi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida OAV faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy kafolatlash to‘g‘risida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. So‘nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq OAVga soliq afzalliklari va turli iqtisodiy yordam berilyapti. Ushbu va boshqa qator choralar OAVning bozor sharoitida erkin mustaqil rivojlanishining muhim omiliga aylandi. Parlamentimiz tomonidan 2010-yilda qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi OAVning huquqiy demokratik asoslarini izchil chuqurlashtirish ishida muhim bosqich bo‘ldi. So‘z va axborot erkinligini ta’minlashni davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarida belgilagan ushbu dasturiy hujjatga muvofiq fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAVning rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan qator muhim qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2014-yil 5-maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan ommaviy axborot vositalarining teng va erkin foydalana olishi samarali huquqiy kafolatlar yaratildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling