I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


-§. O‘zbekiston Respublikasining


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

2-§. O‘zbekiston Respublikasining 
ma’muriy-hududiy tuzilishi
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Osiyoning  o‘rta 
va  shimoliy  qismida  joylashgan  bo‘lib,  shimoli-sharqda 
Qirg‘iziston,  shimol  va  shimoliy-g‘arbda  Qozog‘iston 
Respublikalari,  janubiy-g‘arbda  Turkmaniston,  janubiy-
sharqda  Tojikiston  Respublikasi  bilan,  janubda  qisman 
qilishadi. Davlat o‘z oldida turgan asosiy vazifalarni, masalan, 
aholining  iqtisodiy  turmushini  tashkil  etish,  aholining 
xavfsizligini ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshirish 
maqsadida turli xil faoliyatni yuritadi. Agar davlatda aholining 
soni  ko‘p  bo‘lsa,  hududiy  jihatdan  ancha  katta  bo‘lsa,  bu 
sharoitlarda  markazdan  turib  bu  faoliyatni  amalga  oshirish 
mushkuldir.
Hududi katta, aholisi zich va milliy-etnik tarkibi turli-tuman 
bo‘lgan  davlatlarda  ma’muriy  boshqaruv  samaradorligini 
oshirish va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda huquqiy 
demokratik prinsiplarni tabaqalashgan tarzda shakllantirish 
kabi bir qancha masalalarni xal qilish uchun yagona davlat yer 
kengliklari ma’lum bir qismlarga ajratiladi.
Davlat  tuzilishi  shakli-davlat  hokimiyatining  ma’muriy-
hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar 
va  ushbu  qismlar  hamda  markaziy  va  mahalliy  organlar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardir. Demak, davlat tuzilishida 
davlatning  ma’muriy-  hududiy  tashkil  etilishi  eng  birlamchi 
ko‘rsatkich va asosiy elementlaridan biridir.
Davlat  tuzilishiga  ko‘ra  davlatlar  oddiy  -  unitar  (lotincha 
so‘zdan  olingan  bo‘lib,  «yagona»  degan  ma’noni  anglatadi) 
hamda  murakkab  -  federativ  yoki  konfederativ  davlatlarga 
bo‘linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat 
bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati - aholining 
hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Unitar  davlatlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri 
shundaki,  ularda  markazlashtirish  turli  shakllarda  va  turli 
darajada  bo‘ladi.  Ba’zi  unitar  davlatlarda  mahalliy  organlar 
bo‘lmaydi  va  ma’muriy-hududiy  bo‘linmalar  markaziy 
hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Mahalliy organlar 
tashkil etilgan unitar davlatlarda esa, ular markaziy hokimiyat 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling