I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
184
185
Viloyat  -  O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy-hududiy 
birliklar tizimida eng yuqori bo‘g‘in bo‘lib, alohida o‘rin tutadi. 
Viloyat o‘z tarkibiga boshqa ma’muriy-hududiy bo‘laklarning 
hammasini  oladi  va  shu  tariqa  muhim  tashkiliy  vazifani 
bajaradi. Bu hududiy bo‘linma joylarni markaz bilan bog‘lab 
turadigan aloqachi tuzilmadir. Respublika miqyosidagi davlat 
organlari o‘z vazifalarini, joylardagi organlar bilan aloqalarini 
faqat  viloyat  va  uning  davlat  boshqaruv  organlari  -  viloyat 
hokimiyati orqali amalga oshiradilar. SHu bilan birga viloyat o‘z 
tarkibiga kiruvchi quyi hokimiyat vakillik va ijroiya organlari 
faoliyatiga  rahbarlik  qiladi  hamda  ularni  umumdavlat  va 
mahalliy manfaatlardan kelib chiqib birlashtiradi.
Viloyat  hududlari  o‘z  navbatida  tumanlarga  va  viloyatga 
bo‘ysunuvchi  shaharlarga  bo‘linadi.  Har  bir  viloyatda 
tumanlarning soni turlicha bo‘ladi.
Viloyat yirik ma’muriy-hududiy bo‘linma sifatida barqaror 
bo‘lishi lozim. Uning tuzilishi, mustahkamlanishi, yiriklashishi 
yoki bo‘linishi iqtisodiy jihatdan asoslantirilishi lozim. Mazkur 
ma’muriy-hududiy  birlik  iqtisodiyotning  barcha  sohalarini 
kompleks rivojlanishiga olib kelishi lozim.
Hozirgi  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasining  ma’muriy-
hududiy  tuzilishida  o‘n  ikkita  viloyat  va  Toshkent  shahri 
mavjud.  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining 
6-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining poytaxti - 
Toshkent shahri.
Poytaxt  shahar  o‘ziga  munosib  bir  qator  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga  ega.  Unda  davlat  va  jamoat  tashkilotlarining 
markaziy  idoralari,  davlat  boshlig‘ining  qarorgohi,  chet  el 
diplomatik  vakolatxonalari  joylashadi,  davlatning  asosiy 
siyosiy va iqtisodiy tadbirlari amalga oshiriladi.
hokimiyat organlari vazifalarini bajaruvchi mustaqil qismi deb 
tushunilishi; ikkinchidan, har bir hududiy qism o‘z vazifasini 
bajarishda Yuqori davlat hokimiyati organlariga bo‘ysunishi;
uchinchidan,  milliy-maishiy  tamoyil  -  ma’muriy-hududiy 
bo‘linish  jarayonida  aholini  milliy  tarkibi,  o‘ziga  xos  milliy-
maishiy  xususiyatlari  e’tiborga  olinadi.  Mazkur  tamoyilda 
o‘zbekistonning  ma’muriy-hududiy  bo‘lagidagi  aholining 
milliy  tarkibiga  e’tibor  beriladi,  ularning  milliy  o‘zini  o‘zi 
boshqarishlariga  ma’lum  darajada  sharoit  yaratib  beriladi. 
Bunday  tadbirlar  milliy  qadriyatlarimizning  o‘ziga  xos 
tomonlarini  inobatga  olishni,  madaniy,  tarixiy,  diniy,  estetik 
tomonlarga e’tibor berishni ta’minlaydi;
to‘rtinchidan,  davlat  apparatini  aholiga  yaqinlashtirish 
tamoyili  -  ma’muriy-hududiy  tuzilishda  davlat  ishlarini 
boshqarishda  xalqning  ishtirokini  ta’minlash  va  davlat 
apparatini  aholiga  yaqinlashtirishdan  iborat.  Bunday  tadbir 
davlat apparatini aholiga aloqador va qulay sharoitda xizmat 
qildiradi.  Aholining  ehtiyoji  va  talablarini  bevosita  davlat 
apparatiga yaqinlashtiradi. Ularga konstitutsiyaviy huquqlari 
va  erkinliklarini  amalga  oshirishda,  davlat  organlarini 
saylashda, o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzishda yordam 
beradi.
O‘zbekiston  Respublikasining  har  bir  ma’muriy-hududiy 
birligida  davlatning  mahalliy  vakillik  organi,  hokimiyati 
yoki  mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlari  tashkil 
etiladi.  O‘zbekiston  Respublikasining  hozirgi  ma’muriy-
hududiy  bo‘linishi  respublikaning  ishlab  chiqarish  kuchlari 
ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa 
vositalarining  rivojlanishini,  joylardagi  boshqaruvning 
tashkiliy tuzilishini aks ettiradi.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
68-moddasiga  binoan  O‘zbekiston  Respublikasi  viloyatlar, 
tumanlar,  shaharlar,  shaharchalar,  qishloqlar,  ovullar, 
shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling