I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
196 197 Konstitutsiyasi bilan ta’minlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi manfaatlarini uning Asosiy Qonuniga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq himoya qiladi, deb qayd etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi huquqiy maqomini mustahkamlashda 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Konstitutsiyaviy Qonuni muhim o‘rin tutadi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy yaxlitligi va suvereniteti yana bir bor tan olindi. Uning 17-moddasida: O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi, deb belgilab qo‘yildi. Ma’lumki, davlatlarning tuzilish shakliga ko‘ra: oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) ko‘rinishlari mavjud. Unitar tuzilishdagi davlat yagona bo‘lib, uning tarkibiy qismlari suverenitet belgilariga ega bo‘lmagan ma’muriy-hududiy birliklardan iborat bo‘ladi. o‘z navbatida, unitar davlatga xos belgilar sifatida quyidagilami ko‘rsatib o‘tish mumkin: birinchidan, qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyati organlari yagona tizimining mavjudligi; ikkinchidan, yagona konstitutsiya, qonunchilik, soliq, moliya tizimlarining mavjudligi; uchinchidan, yagona fuqarolikning joriy etilganligi; bilan birga o‘zbek, rus, qozoq, turkman, tatar, koreys, ukrain, ozarbayjon kabi o‘ndan ortiq millat vakillari bir oiladek istiqomat qilmoqdalar. Ularning barchasini vatanga sadoqat, aziz tuproqqa muhabbat, ezgu qadriyatlarimizga hurmat, birgalikda yorqin kelajakni barpo qilishga bo‘lgan ishtiyoq va ishonch birlashtirib turadi. Eng muhimi, qoraqalpoq xalqi asrlar davomida orzu qilib, intilib kelgan ezgu maqsadiga etdi - ozod va erkin, tinch-osuda hayotga erishdi, o‘z tarixi, madaniy merosi, milliy an’ana va qadriyatlarni tiklash, rivojlantirish, o‘zligini anglash imkoniga ega bo‘ldi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling