5-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy
maqomi
Qoraqalpog‘iston va o‘zbekiston munosabatlarining
huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
XVII
bobida
mustahkamlangan.
Konstitutsiyaning
70-moddasiga ko‘ra: Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi
tomonidan muhofaza etiladi.
Qoraqalpog‘iston suverenitetining poydevorini yaratish
borasidagi dastlabki huquqiy asos sifatida 1990-yil 20-iyunda
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti
to‘g‘risidagi Deklaratsiya”ni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Mazkur Deklaratsiyada Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston
Respublikasi tarkibidagi suveren respublika ekanligi
mustahkamlab qo‘yildi. Shuningdek, 1990-yil 14-dekabrda
qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tarkibida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi suvereniteti to‘g‘risidagi
Deklaratsiyasi”da ham uning suveren respublika sifatidagi
maqomi o‘z ifodasini topdi. Mazkur Deklaratsiyaning bandida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti uning
Do'stlaringiz bilan baham: |