I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
202 203 suverenitetini O‘zbekiston tan olganligini anglatadi. Shu bilan birga, ushbu qoida xalqaro huquq normalariga ham mos keladi. Xususan, 1966-yil 16-dekabrdagi “Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi xalqaro pakt”da barcha xalqlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga egadirlar, deb belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston tarkibi- dan chiqish huquqini amalga oshirish mexanizmi mustahkamlangan bo‘lib, bunda jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berishi (umumxalq referendumi) bilan hal etilishi lozimligi to‘g‘risidagi demokratik talab o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 75-modda- siga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi. Ushbu moddada Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi huquqiy maqomi ikki tomon o‘rtasidagi munosabatlarda davlat suverenitetini o‘zaro hurmat qilish va tan olish zamirida, qonunlar ustuvorligiga tayanib va unga rioya etib ish yuritish asosida amalga oshirilishi huquqiy jihatdan mustaqkamlangan. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarni shartnomalar va bitimlar ko‘rinishida huquqiy mustahkamlab qo‘yish, o‘z navbatida, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, boshqa ma’muriy-hududiy birliklardan farqli o‘laroq, alohida suveren respublika maqomiga ega ekanligini anglatadi. ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qilish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimini belgilashi bilan bog‘liq norma o‘z ifodasini topgan. SHuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari daxlsiz ekanligi hamda uning o‘zgartirilishi va bo‘linishi mumkin emasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining XVI bobi Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy- hududiy tuzilishi masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, uning 67-moddasida “Tumanlar, shaharlar tashkil qilish va ularni tugatish, shuningdek, ularning chegaralari ni o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi” deb belgilab qo‘yilgan. Agar O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston hududlarini ajratib turadigan chegaralarni o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilsa, bunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligini olish lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 74-modda- siga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega. Mazkur tamoyil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kons- titutsiyasining 1 va 9-moddalarida hamda referendumga oid O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Res- publikasining qonun hujjatlarida rivojiantirilgan. Referendum o‘tkazish haqidagi qarorni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qorg‘i Kengesi qabul qiladi, ovoz berish sanasini ham uning o‘zi belgilaydi. Referendumda qabul qilingan qaror Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida oliy yuridik kuchga ega va faqat referendum yo‘li bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Mazkur konstitutsiyaviy norma Qoraqalpog‘iston xalqining o‘z taqdirini o‘zi hal qilish huquqini, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling