I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
200
201
olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalari,  fuqarolar  Konstitutsiya  va  qonunlarga 
muvofiq  ish  ko‘radilar  (Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 
Konstitutsiyasi, 15-modda).
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
72-moddasiga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunlari 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  hududida  ham  majburiydir. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  15-moddasiga 
muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasining  butun  hududida 
(Qoraqalpog‘iston  esa  uning  tarkibiy  qismidir)  O‘zbekiston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlari  ustunligi 
so‘zsiz tan olinadi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
15-moddasida  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  O‘zbekiston 
Respublikasi 
va 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinishi 
belgilab qo‘yilgan. Mazkur moddadagi normalar shuningdek, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  71  -moddasi 
qoidalari bilan hamohangdir.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  73-modda-
siga  muvofiq,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  hududi  va 
chegaralari  uning  roziligisiz  o‘zgartirilishi  mumkin  emas. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi 
masalalarini mustaqil hal qiladi.
Davlat hokimiyatining ta’siri ma’lum hududga va tegishlicha 
ushbu hududda yashovchi aholiga joriy qilinishi har qanday 
davlatning  muhim  belgisidir.  Davlatning  o‘z  hududida 
Konstitutsiyasi  va  qonunlarining  ustunligi  suverenitet 
belgilaridan  biri  hisoblanadi.  Qoraqalpog‘istonning  o‘z 
ma’muriy-hududiy  tuzilishi  masalalarini  mustaqil  hal  etishi 
bilan  bog‘liq  suveren  huquqi  mustahkamlab  qo‘yilgan. 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
3-moddasida  ham  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  o‘z 
muhokamasida  fuqarolar,  turli  jamoat  birlashmalari  hamda 
davlat tashkilotlari faol qatnashdilar. Jamoatchilik tomonidan 
kelib tushgan taklif va tavsiyalar asosida Konstitutsiya loyihasi 
yanada  takomillashtirilib,  u  1993-yili  7-aprelda  o‘zbek,  rus 
va  qoraqalpoq  tillarida  chop  etiladigan  bosma  matbuot 
nashrlarida  ikkinchi  marotaba  umumxalq  muhokamasiga 
qo‘yildi.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Oliy  Kengashining 
1993-yil  9-aprelda  bo‘lib  o‘tgan  ХII  chaqiriq  12-sessiyasida 
deputatlar  tomonidan  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining 
Konstitutsiya loyihasining har bir moddasi birma-bir chuqur 
muhokama qilinib, qabul qilindi. Amaldagi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining  Konstitutsiyasi  6  bo‘lim,  26  bob  va  120 
moddadan iborat.
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  suveren 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan 
kun,  ya’ni  9-aprelni  umumxalq  bayrami  -  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  davlat 
tuzilishining  asosiy  prinsiplari,  davlat  hokimiyatining 
tizimi  va  davlat,  jamiyat,  shaxs  munosabatlarining  huquqiy 
asoslarini  belgilab  berdi.  Mazkur  Konstitutsiya  o‘zida  jahon 
konstitutsiyaviy tajribasini, inson huquqlari va erkinliklarini 
himoya  qilish  va  tartibga  solishning  ilg‘or  amaliyotini, 
jamiyatning demokratik asoslarini mujassamlashtirdi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
71-moddasida 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
zid  bo‘lishi  mumkin  emasligi  to‘g‘risidagi  konstitutsiyaviy 
tamoyil  belgilab  qo‘yildi.  Ushbu  tamoyil  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘z ifodasini topgan. 
Xususan,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasida  O‘zbekiston 
Respublikasi 
va 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining 
Konstitutsiyalari  va  qonunlarining  ustunligi  so‘zsiz  tan 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling